IT Park University’ning 2024/2025 o‘quv yilidagi magistratura bosqichi haqida abituriyentlar uchun rasmiy ma’lumot
2024/2025 o‘quv yilida
Hujjatlarni qabul qilish muddati:
O‘qish to‘lovi:
Kirish imtihonlari:
2024-yil, 23-sentabrgacha
har bir semestr uchun 20 000 000 so‘m
ingliz tili va suhbat
Qanday qilib talabaga aylanish mumkin?
Magistratura dasturiga yozilish uchun itpu.uz/master/ veb-saytida ariza topshiring.
01
Quyidagi hujjatlarni taqdim eting:
01
Quyidagi hujjatlarni taqdim eting:
Shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) — rangli skanerlangan nusxasi;

  1. belgilangan shakldagi oliy ma’umot to’g’risidagi hujjat — rangli skanerlangan nusxa;
  2. ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo’lsa) — elektron sertifikat yoki sertifikatning rangli skanerlangan nusxasi;
  3. shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik.

Shundan so’ng universitet taqdim etilgan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshiradi.
02
Ingliz tilidan imtihon va suhbatdan ot'ing
02
Ingliz tilidan imtihon va suhbatdan ot'ing
ITPU magistratura dasturiga kirish uchun abituriyentlar ingliz tilidan onlayn test va onlayn suhbatdan o‘tadilar (ikkalasi ham bepul).

Shuningdek, abituriyentlar sinov tarzda bepul test va suhbatda ham qatnashishlari mumkin.

Bunda ularga bitta urinish beriladi. Sinov testi va suhbat natijalari universitet tomonidan asosiy natijalar sifatida hisobga olinishi mumkin.
03
Shartnomani imzolash
03
Shartnomani imzolash
Ingliz tili bo’yicha test va suhbatni muvaffaqiyatli topshirgandan so’ng, abituriyent universitet bilan o’quv shartnomasini tuzadi. Shartnoma birinchi semestr uchun to’lov amalga oshirilgan paytdan amal qiladi. Bir semestr narxi 20 000 000 so‘m.
04
Ta’lim uchun to’lov
04
Ta’lim uchun to’lov
Ta’lim uchun to‘lov shartnoma imzolangan kundan boshlab 10 bank kuni ichida, lekin o‘qish boshlanadigan kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Talaba bir vaqtning o‘zida butun summa - 60 000 000 so‘m yoki har bir semestr davomida 20 000 000 so’mdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. To'lov o'z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, universitet shartnomani bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
05
Ro'yxatdan o'tish haqidagi tasdiqnomani oling
05
Ro'yxatdan o'tish haqidagi tasdiqnomani oling
Shartnoma tuzib, to’lovni amalga oshirgandan so’ng, ro’yxatga olish bo’yicha mutaxassis siz bilan bog’anib, talabalik maqomingizni tasdiqlaydi.
Kirish imtihonlari
Suhbat
Ingliz tilidan test
Suhbat onlayn rejimida ingliz tilida bo’lib o’tadi, abituriyentning kamerasi va mikrofoni ochiq bo’lishi talab etiladi. Suhbat davomiyligi 30 daqiqagacha bo’ladi.

Suhbat komissiyasi texnik fanlar mutaxassislari va muloqot ko’nikmalarini baholovchilardan iborat. Suhbatdan oldin abituriyent hujjatlarini va oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomini taqdim etishi kerak.

Suhbat savollari texnik va tahliliy jihatlarni qamrab oladi, shuningdek, ariza beruvchining motivatsiyasi va muloqot qobiliyatlarini hisobga oladi.

Suhbat natijalari suhbatdan so’ng keyingi 24 soat ichida murojaat etuvchiga yetkaziladi. Agar suhbat muvaffaqiyatli o’tgan bo’lsa, arizachi ta’lim xizmatlari to’g’risidagi shartnomani imzolash bo’yicha tavsiyanoma oladi.
Ingliz tilidan test sinovi Examinator platformasida onlayn o’tkaziladi. Test 60 ta savoldan iborat bo’lib, ularni bajarish uchun 25 daqiqa vaqt ketadi. Har bir talabaga testdan o’tish uchun 2 ta urinish beriladi.
Universitetda magistraturaga kirish uchun ingliz tilini bilishning minimal darajasi B2. Universitet shuningdek, quyidagi xalqaro sertifikatlar asosida ingliz tili imtihonlari natijalarini kreditlashi mumkin*:

Sertifikat nomi Minimal talab darajasi
IELTS 5.5
TOEFL iBT 72
PTE 59
Linguaskill (jonli topshirish) 160
Cambridge Assessment English B1 Preliminary: Passed
Cambridge Assessment English B2 First: Passed
Cambridge Assessment English C1 Advanced: Passed
Cambridge Assessment English C2 Proficiency: Passed

* Universitet sizni qabul qilgungacha bo’lgan davr ichida B2 First (FSE), C1 Advanced (CAE) yoki C2 Proficiency (CPE) kabi sertifikatlaringizning muddati tugamasa, ularni hisobga oladi.
Kirish kampaniyasi sanalari 2024/2025
2024 yil 3 iyun
2024 yil 1 aprel
03
Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni boshlash
01
Kirish kampaniyasining boshlanishi
2024 yil 10 aprel
02
Ingliz tilida sinov testlari va suhbatlar boshlanishi
2024 yil 6 iyun
04
Ingliz tilidan test va suhbatlar boshlanishi
2024 yil 23 sentabr
05
Hujjatni qabul qilishning tugashi
2024 yil 25 sentyabr
06
Ingliz tili testlari va suhbatlarning yakuni
2024 yil 27 sentyabr
07
Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnomalarni imzolashni yakunlash
Software Engineering
Tajribali o'qituvchilar va ma’ruzachilar rahbarligida ishlab chiqilgan magistratura dasturimiz bugungi tez o'zgaruvchan dunyoda sizning ustunligingizni ta’minlaydigan puxta nazariy va amaliy ta'limni kafolatlaydi.
Davomiyligi:
Ta'lim tili:
Narxi:
1,5 yil
ingliz
semestr uchun 20 000 000 so'm
2024/2025 o‘quv yilida
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni qabul qilish xususiyatlari
Xorijiy fuqarolarni qabul qilish jarayoni O‘zbekiston fuqarolari uchun bo‘lgan shartlar bilan bir xil amalga oshiriladi. Kirish va sinov imtihonlari umumiy tartibda o'tkaziladi.
Qisqa
qoidalar haqida:
Xorijiy abituriyentlar oʻz hujjatlarining ingliz, oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasini taqdim etishlari va Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq nostrifikatsiyadan oʻtishlari shart.
O'quv shartnomasi onlayn tarzda imzolanadi. Unga imzo chekish orqali chet el fuqarosi oliy o‘quv yurti diplomi faqat O‘zbekistonda tan olinishi va mamlakatdan tashqarida nostrifikatsiyadan o‘tishni talab qilishi mumkinligiga rozilik bildiradi.
Xorijiy fuqarolar uchun universitetda o‘qish narxi O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘qish narxidan oshmaydi.
Eng ko’p beriladigan savollar:
Darslar qachon boshlanadi?
Darslar qachon boshlanadi?
O‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktabrdan boshlanadi.
Qabul jarayonining boshida hali bakalavr diplomimni olmagan bo'lsam, o'qishga ariza opshirishim mumkinmi?
Qabul jarayonining boshida hali bakalavr diplomimni olmagan bo'lsam, o'qishga ariza opshirishim mumkinmi?
Ha, biz oxirgi kurs talabalarining arizalarini qabul qilamiz. Agar siz universitetda o'qishni tugatayotgan bo'lsangiz, ariza topshirish vaqtida diplomingini olmagan bo’lsangiz ham sizda magistrlik dasturiga kirish imkoniyati mavjud. Faqat 2-sentabrdan kechiktirmay oliy ma’lumot diplomini taqdim etishingiz kerak bo’ladi.
Qanday hollarda universitet qabulni rad etishi mumkin?
Qanday hollarda universitet qabulni rad etishi mumkin?
  • taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish jarayonida ularning haqiqiy emasligi yoki ishonchsizligi aniqlansa;
  • birinchi semestr uchun to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmagan bo'lsa;
  • abituriyent ingliz tilini bilish darajasini test sinovlarida yoki sertifikat taqdim etish orqali tasdiqlamagan bo‘lsa;
  • intervyu muvaffaqiyatsiz o’tsa.
Yana savolingiz qoldimi?
Biz barcha savollaringizga javob beramiz! Ushbu shaklni to'ldiring va mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi.