Ta’lim jarayoni qanday o‘tadi?
IT Park University'da ta’lim individual mustaqil o‘rganish, o‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan gibrid formatda tashkil etilgan.University Learn Platform — EPAM tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv platformasida ta’lim jarayonini rejalashtirish, progressni kuzatish va topshiriqlarni bajarish mumkin.
Onlayn format taʼlimga boʻlgan yondashuvni tubdan oʻzgartirib, dunyoning istalgan joyidan taʼlim olish imkonini beradi.
Talabalar o’qituvchilar va sinfdoshlar bilan o’zaro hamkorlik qilish uchun o’quv materiallari va vositalaridan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega bo’lib, bu ta’lim jarayonini qulay va samarali qiladi.
Barcha oʻquv materiallari ingliz tilida taqdim etiladi, chunki zamonaviy global IT hamjamiyatida aynan ingliz tili xalqaro kompaniyalarda professional hujjatlar va kommunikatsiyalarning asosiy tili hisoblanadi.
O’quv jarayonining moslashuvchan jadvali o’qish, ish va shaxsiy hayotni maqbul tarzda uyg’unlashtirish, mahsuldorlikni oshirish va akademik muvaffaqiyatlarga ko’maklashish imkonini beradi.
Moslashuvchan o’quv jadvali