Oʻzbekistondagi birinchi amaliy IT-taʼlimga yoʻnaltirilgan, gibrid formatdagi universitet.
O’quv dasturlari
ITPU’ning o’quv dasturlari axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy ta’limni taqdim etadi. Bizning o’qitish uslublarimiz mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va doimiy ravishda tendentsiyalarga muvofiq yangilanib boradi.
Bakalavriat
Dasturiy injinеrlik
ITPU’dagi Software Engineering dasturi IT yetakchilari va taʼlim boʻyicha ekspertlarning tajribalarini birlashtirish orqali yaratilgan. Bu bizga amaliyotga qaratilgan va moslashuvchan o’qitish usulini ishlab chiqish imkonini berdi.
Tajribali o'qituvchilar va ma’ruzachilar rahbarligida ishlab chiqilgan magistratura dasturimiz bugungi tez o'zgaruvchan dunyoda sizning ustunligingizni ta’minlaydigan puxta nazariy va amaliy ta'limni kafolatlaydi.
ITPU talabalari muntazam ravishda Ispaniya, Chexiya, Polsha, Litva, Latviya va boshqa mamlakatlarda joylashgan EPAM ofislarida xalqaro amaliyot o‘tamoqdalar.
Xalqaro stajirovkalar
ITPU talabalari muntazam ravishda Ispaniya, Chexiya, Polsha, Litva, Latviya va boshqa mamlakatlarda joylashgan EPAM ofislarida xalqaro amaliyot o‘tamoqdalar.
Universitet asoschilari
EPAM Systems 1993 yilda tashkil topgan va bugungi kunda raqamli texnologiyalar sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
IT Park Uzbekistan — Oʻzbekiston Respublikasida IT sohasidagi yetakchi markaz, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2019-yil 10-yanvarda tashkil etilgan birinchi Axborot texnologiyalari parki.
ITPU hamkorlari
Savolingiz qoldimi?
Biz barcha savollaringizga javob beramiz. Quyidagi shaklni to’ldiring va mutaxassisimiz siz bilan bog’lanadi.