Ta’lim jarayoni qanday o‘tadi?
IT Park University'da ta’lim individual mustaqil o‘rganish, o‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan gibrid formatda tashkil etilgan.University Learn Platform — EPAM tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv platformasida ta’lim jarayonini rejalashtirish, progressni kuzatish va topshiriqlarni bajarish mumkin.
Har hafta xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlar. Yangi shaharga ko‘chib o‘tish shart emas — siz o‘zingizga qulay joydan o‘qishingiz mumkin.
50% darslar haqiqiy ish jarayonlariga yaqinlashtirilgan topshiriqlardan iborat. Talabalar AI-asosli avtomatlashtirish, ma’lumotlar tahlili va test vositalaridan foydalanadilar.
Imtihonlar semestrda 1 marta ITPU universiteti binosida (Toshkentda) o‘tkaziladi. Xorijiy talabalar uchun onlayn imtihon topshirish imkoni mavjud.
IT Park University — bu faqat o‘qish emas. Talabalar turli tadbirlarda, ekspertlar bilan uchrashuvlarda, kino, kibersport va musiqa kabi qiziqish klublarida ishtirok etishlari mumkin.