Dasturiy Injinerlik
Magistratura dasturi
Davomiyligi:
Format:
Ta’lim tili:
Narxi:
1.5 akademik yil
Onlayn
Ingliz tili
22 500 000 so‘m / semestr
Dastur haqida
Software Engineering magistratura dasturi zamonaviy dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida chuqur bilim va ilg‘or ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu dastur talabalarni murakkab muhandislik muammolarini hal qilishga, sun’iy intellekt va ma’lumotlarga asoslangan (data-driven) yechimlarni qo‘llashga hamda turli sohalarda texnologik innovatsiyalarni joriy etishga o‘rgatadi.
O‘quv yo‘nalishlari
"Dasturiy injinerlik" magistratura dasturi doirasida talabalar quyidagi 3 asosiy yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin: Solution Architecture, Cloud and DevOps, Data Engineering & AI. Har bir yo‘nalish zamonaviy dasturiy ta’minot ishlab chiqish talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
01
02
Solution Architecture
Cloud & DevOps
Ushbu yo‘nalishda talabalar dasturiy arxitektura tamoyillarini chuqur o‘rganadilar va murakkab dasturiy ta’minot loyihalarini ishlab chiqishga tayyorlanadilar.
“Bulut”li xizmatlar va DevOps metodologiyalarini uyg‘unlashtirish orqali talabalar dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonlarini optimallashtirish va innovatsiyalar joriy etish ko‘nikmalarini egallaydilar.
03
Data Engineering & AI
Ma’lumotlar bilan ishlash va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis bo‘lishni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan yo‘nalish.
ITPU bilan orzuingizdagi karyeraga birinchi qadamni tashlang
Dastur maqsadlari
  • Zamonaviy dasturiy injinerlik usullarini qo‘llash va innovatsion IT-yechimlarni ishlab chiqishni o‘rgatish.

  • Ilmiy tadqiqotlarni mustaqil va jamoa shaklida olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish (Solution Architecture, Cloud & DevOps, ma’lumotlarni qayta ishlash va sun’iy intellekt sohalariga yo‘naltirilgan).

  • Texnologik jihatdan murakkab muammolarni hal qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash.

  • Turli sohalar uchun raqamli yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan ekspertlarni shakllantirish.

  • Kreativ fikrlash, yetakchilik va analitik qobiliyatlarni rivojlantirish.
Ta’lim dasturi
1-semestr
Engineering Excellence
Generative AI
Advanced Business Analysis
Strategic Testing Management
Leadership and Management Foundations for Software Engineering
  • System administration and DevOps Essentials: From SDLC to CI/CD
  • Solution Architecture Fundamentals
  • Data Software Engineering Basics
Tanlov fanlari:
2-semestr
Advanced Generative AI
Methodology of Scientific research in Computer Sciences and Academic Writing
International Research project
Effective Client Communication and Presentation Strategies
  • Public Cloud Computing and Infrastructure Automation
  • Container-Based Computing, Security and DevOps in Enterprise
  • Solution Architecture Practices
  • Technology Domains
  • Machine Learning Engineering
  • Advanced Data Software Engineering
Tanlov fanlari:
3-semestr
Final loyiha
Ishga joylashtirish
01
Dasturiy ta’minot va ilovalar ishlab chiquvchisi
01
Dasturiy ta’minot va ilovalar ishlab chiquvchisi
Ushbu dastur tugagandan soʻng quyidagi yoʻnalishlarda ishlashingiz mumkin:
Dasturiy mahsulotlarni yaratish, sinovdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. U kod yozadi, ilovalar arxitekturasini loyihalashtiradi, ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydi hamda turli xizmatlarni integratsiya qiladi.
02
Tizim tahlilchisi
02
Tizim tahlilchisi
Biznes jarayonlari va foydalanuvchilar ehtiyojlarini o‘rganadi, dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi hamda dasturchilar bilan hamkorlik qiladi. U ma’lumotlarni tahlil qiladi, tizim arxitekturasini modellashtiradi, xavflarni baholaydi va loyihaning texnik hamda biznes talablariga mosligini nazorat qiladi.
03
Veb-ishlab chiquvchi
03
Veb-ishlab chiquvchi
Veb-saytlar va veb-ilovalarni yaratish hamda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. U foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqadi, server logikasini amalga oshiradi, ma’lumotlar bazalarini sozlaydi va tashqi xizmatlar bilan integratsiyani ta’minlaydi.
04
Yechimlar arxitektori
04
Yechimlar arxitektori
IT-tizimlarning yuqori darajadagi arxitekturasini ishlab chiqadi, ularni amalga oshirish uchun optimal texnologiyalar va arxitektura yondashuvlarini tanlaydi. U biznes talablarini tahlil qiladi, kengaytiriladigan va xavfsiz yechimlarni loyihalashtiradi, dasturchilar jamoasining ishini muvofiqlashtiradi va loyihaning texnik standartlarga mos kelishini nazorat qiladi.
05
DevOps muhandisi
05
DevOps muhandisi
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joylashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda optimallashtirish bilan shug‘ullanadi. U CI/CD pipeline’larni sozlaydi, infratuzilmalarni boshqaradi, tizimlarning unumdorligi va xavfsizligini nazorat qiladi. Shuningdek, IT-mahsulotlarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun dasturchilar va tizim administratorlari bilan hamkorlik qiladi.
06
“Bulut”li yechimlar arxitektori
06
“Bulut”li yechimlar arxitektori
Bulutli muhitlarda IT-infrastrukturasini ishlab chiqadi va optimallashtiradi. U texnologiyalarni tanlaydi, kengaytiriladigan va xavfsiz bulut tizimlarini loyihalashtiradi, ularni mavjud xizmatlar bilan integratsiya qiladi va resurslarni boshqaradi. Shuningdek, mutaxassis bulutga migratsiya strategiyalarini ishlab chiqadi va arxitekturaning biznes talablariga hamda xavfsizlik standartlariga mos kelishini nazorat qiladi.
07
Mobil ilovalarni ishlab chiquvchi
07
Mobil ilovalarni ishlab chiquvchi
iOS va Android uchun ilovalar yaratish va optimallashtirish bilan shug‘ullanadi. U interfeyslarni ishlab chiqadi, server logikasini integratsiya qiladi, ma’lumotlar bazalari va API bilan ishlaydi. Mutaxassis ilovalarni turli qurilmalarga moslashtiradi, ularning unumdorligi, xavfsizligi va qulayligini nazorat qiladi.
08
Ma’lumotlar tahlilchisi
08
Ma’lumotlar tahlilchisi
Katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va biznes qarorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatadi. U ma’lumotlar tahlili modellarini ishlab chiqadi, natijalarni vizuallashtiradi, ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydi hamda jarayonlarni prognoz qilish va optimallashtirish uchun statistik va mashinaviy o‘rganish usullaridan foydalanadi.
O’quv dasturi va akademik kalendar
O‘quv rejasi
Hujjat:
Akademik kalendar
Hujjat:
IT sohasida yangi martaba sari qadam tashlashga tayyormisiz?
Dasturlardan biriga talabnoma berish uchun ro’yxatdan o’tkazish shaklini to’ldiring:
IT Park University, O'zbekiston, Toshkent shahri, Maxtumquli ko'chasi, 1A