Kelajagingizni IT Park University bilan birga yarating
IT Park University O‘zbekistonda IT sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan birinchi yangi formatdagi universitetdir.
ITPU korporativ mijozlar xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga moʻljallangan maxsus UpSkill kurslarini taklif etadi.

Bizning maqsadimiz sizning jamoangizga axborot texnologiyalari bo'yicha eng yangi ko'nikma va bilimlarni taqdim etish orqali kompaniyangizga raqobatbardosh bo'lib qolishiga yordam berishdir.
Malaka oshirish
ITPU'da ta’lim olishning afzalliklari:
01
02
O’qituvchilar — soha mutaxassislari
Amaliyot orqali o'rganish
Universitetda darslar so'nggi tendentsiyalarni va ish beruvchining talablarini biladigan amaldagi IT mutaxassislari tomonidan o'tiladi.
O'qish davomida talabalar real mavjud loyihalarni bajarishadi va o'qish davomida amaliyot o'tashadi.
03
Xalqaro ta’lim
Talabalar xorijiy amaliyotlarda qatnashadi, bu esa ularning dunyoqarashlarini kengaytirish va xalqaro tajriba orttirish imkonini beradi.
EPAM
Systems
Innovatsion strategiya, konsalting va muhandislik tajribasi va kompaniyaning noyob "muhandislik DNKsi" orqali EPAM gibrid guruhlari ishlab chiqarish, taʼlim va sogʻliqni saqlash uchun yanada yaxshi platformalarni yaratib, butun dunyo boʻylab mijozlar uchun tasavvurdagikelajakni real qilishda xizmat qilib kelmoqda.

EPAM sanoatning taniqli yetakchisi bo‘lib, Fortune 1000 reytingida 15 ta eng yaxshi axborot texnologiyalari kompaniyalari qatoriga kiradi hamda Fortune’da eng tez rivojlanayotgan 100 ta kompaniyalaridan biri deb ko’rsatiladi.

30 yildan ortiq vaqt davomida kompaniya o’z xodimlarini, talabalarini va kasbini o’zgartirishga qaror qilganlarni o’qitish va rivojlantirishda doimiy ravishda tajriba va bilimlarini oshirib keladi
EPAM Systems 1993 yilda tashkil topgan va bugungi kunda raqamli texnologiyalar sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
55+
Kompaniyaning 50dan ortiq mamlakatda vakolatxonalari joylashgan
150+
Dunyo bo'ylab 160 dan ortiq hamkor universitetlarga ega
52 650+
xodim
IT Park
Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish, zarur infratuzilmani yaratish, IT-mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish, IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bugungi kunga qadar tashkilot 200 dan ortiq IT markazlarini ochgan va butun mamlakat boʻylab 200 dan ortiq IT-maktablar yaratishni amalga oshirmoqda. Texnoparkning rezident kompaniyalari soni 500 dan ortiq bo‘lib, 2022-yil oxiriga kelib IT-parkning mamlakatimiz va xorijdagi filial va vakolatxonalari soni 14 taga yetkaziladi.
IT Park Uzbekistan — Oʻzbekiston Respublikasida IT sohasidagi yetakchi markaz, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2019-yil 10-yanvarda tashkil etilgan birinchi Axborot texnologiyalari parki.
IT Park University, O'zbekiston, Toshkent shahri, Maxtumquli ko'chasi, 1A