Amaliyot va karera: ITPU bilan eng yaxshisini tanlang
ITPU yetakchi IT-kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi, shunda talabalar eng soʻnggi bilimlarni oladilar va xalqaro kompaniyalarda stajirovka oʻta oladilar.
ITPU hamkorlari
Epam systems
ITPU o’qituvchilari amaldagi EPAM mutaxassislari bo’lib, bu talabalarga IT sohasidagi amaliy ko’nikmalarni yetkazib berish imkonini beradi. Uzviy hamkorligimiz yordamida talabalar eng so’nggi bilimlarga ega bo’lib, soha haqida insayder nuqtai nazariga ega bo’lishadi. Shuningdek, kompaniyaning dunyo bo’ylab yetakchi ofislarida xalqaro amaliyot o‘tash imkoniyati ham ulkan yutuqlarimizdandir.
EPAM 1993-yilda tashkil etilgan va o’zining uzoq tarixi davomida eng muvaffaqiyatli IT kompaniyalaridan biriga aylandi. Hozirda bu kompaniya turli korxonalarga tahlil qilish, o’sish, xavfsizlikni oshirish va bulutli tizimlar hamda sun’iy intellektni ishga integratsiya qilish uchun qulay IT-vositalarini taklif etadi.
Code Battle — EPAM bilan birga tashkil etilgan, o’yinlar uchun jamoaviy kod yozish musobaqasi.
EPAM ofisidagi amaliyot jarayonidan suratlar
Huawei
Huawei bilan hamkorlik ITPU’ga qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish va ishtirokchilarni qimmatbaho va foydali sovg‘alar bilan taqdirlash orqali ishtiyoqmand, iste’dodli yoshlarni yetishtirishga yordam beradi.
1987-yilda tashkil etilgan Huawei axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi va aqlli qurilmalarni yetkazib berishda yetakchi global provayder hisoblanadi. Huawei missiyasi — o’zaro bog’liqlik ta’minlangan aqlli dunyoni yaratish uchun har bir inson, xonadon va tashkilotni raqamli aloqaga ulashdan iborat.
Olimpiada g'oliblari bilan sovrinlarni tarqatish jarayonidan suratlar
Competitive Programming olimpiadasi — Java va Python tillarida dasturlash sporti. Tadbir hamkori sifatida Huawei ishtirok etdi.
IT Park University, O'zbekiston, Toshkent shahri, Maxtumquli ko'chasi, 1A