Sizga IT olamini ochib beradigan
yangi avlod universiteti
Sizga IT olamini ochib beradigan
yangi avlod universiteti
30+ tadbirlar
Bizning hamkorlarimiz har yili ko'plab vebinarlar, konferentsiyalar va xakatonlar o'tkazadilar
10 000+ kishi
15+ PhD

IT Park Univesity haqida

Bakalavriat dasturlari informatika asoslari, shuningdek, jamoada ishlash va loyihani amalga oshirishning muhim ko'nikmalarini shakllantiradi. Dasturiy ta'minot muhandisligidagi barcha asosiy mavzularni qamrab olgan bizning dasturlarimiz, IT sohasida muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo'lgan ko‘nikmalar va amaliy tajribaga qaratilgan.
Bakalavriat dasturida ta'lim olish muddati 3 yilni tashkil etadi.
Darslar ingliz tilida olib boriladi, shuningdek, talabalar ingliz tili bo'yicha o'z bilimlarini yanada takomillashtirib borishlari mumkin.

EPAM Systems

EPAMning ko'p tarmoqli jamoasi besh qit'aning 40 dan ortiq mamlakatlarida mijozlarga xizmat ko'rsatadi.
Taniqli yetakchi sifatida EPAM Fortune 1000 reytingidagi eng yaxshi 15 ta axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri, shuningdek, Fortune 100 ta eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri sifatida qayd etilgan. EPAM shuningdek, Ad Age reytingi bo‘yicha 25 ta eng yaxshi kompaniyalar qatoriga kiradi va 2020 yilda Consulting Magazine jurnali EPAM Continuum ni 20 ta eng tez rivojlanayotgan firmalardan biri deb e'tirof etdi.

IT Park

O‘zbekiston IT-Parki O‘zbekiston Respublikasida IT sohasidagi yetakchi markaz bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2019 yil 10 yanvarda tashkil etilgan birinchi Axborot texnologiyalari texnologik parkidir.
Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish, zarur infratuzilmani yaratish, IT-mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish, IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bugungi kunga qadar tashkilot 200 dan ortiq IT markazlarini ochgan va butun mamlakat boʻylab 200 dan ortiq IT maktablarini yaratishni amalga oshirmoqda. Texnopark rezident-kompaniyalari soni 500 dan ortiq bo‘lib, 2022 yil oxiriga qadar mamlakatimiz va xorijda IT-parkning filial va vakolatxonalari soni 14taga yetadi.
Universitet ekspertlari
Universitet ekspertlari
Dmitry Samal, PhD
Leszek Siwik, PhD
Sandra Loughlin, PhD
Kanstantsin Ausiannikau, PhD
Muhandis-elektrotexnik diplomi, informatika bo'yicha diplom.
Dasturiy ta'minot muhandisligi bo'yicha mutaxassis (10 yildan ortiq tajribaga ega o'qituvchi)
Biz sizga dastur tanlashda yordam beramiz!
Agar sizda ITPUda ta'lim olish bo'yicha savollar mavjud bo'lsa, telefon raqamingizni qoldiring va biz barcha savollaringizga javob berishga harakat qilamiz.