ITPU’ning o’quv dasturlari axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy ta’limni taqdim etadi. Bizning o’qitish uslublarimiz mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va doimiy ravishda tendentsiyalarga muvofiq yangilanib boradi.
ITPU’dagi Software Engineering dasturi IT yetakchilari va taʼlim boʻyicha ekspertlarning tajribalarini birlashtirish orqali yaratilgan. Bu bizga amaliyotga qaratilgan va moslashuvchan o’qitish usulini ishlab chiqish imkonini berdi.
Tajribali o'qituvchilar va ma’ruzachilar rahbarligida ishlab chiqilgan magistratura dasturimiz bugungi tez o'zgaruvchan dunyoda sizning ustunligingizni ta’minlaydigan puxta nazariy va amaliy ta'limni kafolatlaydi.
Kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis bo‘lishni istaganlar uchun. Dastur axborot xavfsizligi infratuzilmasini boshqarish, xavflarni baholash va maslahat berish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Talabalar quyidagi 3 asosiy yo‘nalishdan birini tanlashi mumkin: Cybersecurity Architecture, Cybersecurity Management, Cybersecurity Consulting.
Kompyuter tizimlari, tarmoqlar va ma’lumotlarni himoya qilish sohasida professional bo‘lishni istaganlar uchun. Dastur kiberxavfsizlik injiniringi bo‘yicha asosiy tayyorgarlikni va ikkita ta’lim yo‘nalishini o‘z ichiga oladi: asosiy (Information Security Risk Management Consultancy) hamda qo‘shimcha yo‘nalishlardan biri tanlash imkoniyati (Cloud Security and DevSecOps, Security Operations, Applications Security Engineering with AI).
IT-loyihalarni boshqarish va Sun’iy intellekt
Raqamli transformatsiya yo‘nalishida yetakchi bo‘lishni xohlovchilar uchun. Talabalar quyidagi zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishadi: Agile metodologiyalari, AI-driven project management, Data-driven strategiyalar. Dastur IT-loyihalarni samarali boshqarish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha chuqur bilim beradi. Bitiruvchilar kelajakdagi texnologik kompaniyalarda strategik rollarga tayyorlanadilar.