IT Park University yangiliklari

IT Park University Tojikistondagi IT Gap tug‘ilgan kunida

IT Park University Tojikistonda — chegaralarni kengaytirmoqdamiz!
IT Park University Dushanbeda — Tojikiston poytaxti va mintaqaning eng tez rivojlanayotgan IT hamjamiyatlaridan birida bo‘lib qaytdi.
Biz yosh mutaxassislar, tadbirkorlar hamda texnologiyalarni oldinga siljitayotgan barcha ishtirokchilarni birlashtiruvchi IT-Gap konferensiyasida qatnashdik.
Uchrashuvda IT Park University CEOsi — Bokhodir Ayupov nutq so‘zladi. U ITPUda ta’limga qanday yondashuv qo‘llanilishini, nima uchun xalqaro amaliyotlar va hamkorliklar zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanganini, shuningdek, sun’iy intellekt allaqachon talabalarning kasbiy yo‘nalishlarini qanday o‘zgartira boshlaganini tushuntirib berdi.
Bundan tashqari, biz Tojikistondagi muhim ta’lim loyihalaridan biri — Ilmhona bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladik. Bu ikki davlat talabalari uchun birgalikdagi tashabbuslar, amaliyotlar va almashinuv dasturlariga yo‘l ochuvchi ilk qadmdir.
Biz chegaralarni kengaytirishda davom etamiz — Markaziy Osiyo bo‘ylab ITPUning kelajakdagi talabalariga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish uchun.