IT Park University yangiliklari

Nukus va Marg‘ilonda imtihon topshirib, ITPUda o‘qish uchun grant yutib oling

Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysi abituriyentlari IT Park University kirish imtihonlarini o‘z hududlarida topshirishlari mumkin bo‘ladi.

📅 Marg‘ilon — 10, 11 va 12-sentyabr
📅 Nukus — 11 va 12-sentyabr

Imtihonlarga quyidagilar kiradi:

— ingliz tili (IELTS, TOEFL, DTM, CEFR, Cambridge, Internation, Astrum sertifikatlari mavjud bo‘lganda ozod qilish mumkin; minimal daraja — B1);

— matematika (agar SAT, DTM yoki Astrum mavjud bo‘lsa, ozod qilish mumkin).

Eng yaxshi abituriyentlar o‘rtasida o‘qish uchun grantlar taqsimlanadi: jami 100 ta o‘rin (Nukus uchun — 50, Farg‘ona uchun — 50).