IT Park University yangiliklari

IT Park University Texnologik diplomatiya bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini imzoladi

1-noyabr kuni Samarqandda tarixiy voqea — Texnologik diplomatiya instituti tashabbusi bilan YUNESKO bilan hamkorlikda Texnologik diplomatiya bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi (Samarkand Declaration on Tech Diplomacy) imzolandi.
IT Park University hukumatlar, biznes, ta’lim va IT-hamjamiyatni birgalikda raqamli kelajakni shakllantirish uchun birlashtirgan xalqaro tashabbusning bir qismiga aylandi.
Deklaratsiya sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish sohalarida umumiy standartlarni ishlab chiqish uchun innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik birlashadigan yangi soha — texnologik diplomatiyani rivojlantirishga qaratilgan.
Butun dunyoda texnologiyalar va diplomatiyaga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartira oladigan global harakat aynan O‘zbekistonda boshlangani bilan faxrlanamiz.