IT Park University’ga o‘qishga kiruvchilar uchun MacBook Air M3 yutuqli o‘yini!
ITPUga nafaqat o‘qishga kirishni, balki qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishni ham xohlaysizmi? Hozir ayni vaqti!
🎁 Nima o‘ynaymiz:
— MacBook Air M3 (bosh sovrin) — Sony WH-1000XM5 quloqchinlari (2-o‘rin) — Sony WH-CH720N quloqliklari (3-o‘rin) — Shuningdek, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun yillik 20 000 dan ortiq LinkedIn Learning kurslaridan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ishtirok etish shartlari:
— 4-iyulgacha matematika va ingliz tilidan kirish imtihonlarini topshirish.
Natijalar:
— G‘oliblar 5-iyul kuni soat 12:00 da tasodifiy ravishda aniqlanadi. — Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zali.
Agar g‘oliblar Toshkent shahrida bo‘lsa, sovrin IT Park University ma’muriyati tomonidan o‘sha kunning o‘zida topshirilishi mumkin.
Yosh chegarasi: 16 yosh
Sovrinlar soni:
Bosh sovrin: Macbook Air M3 2-o‘rin mukofoti: Sony WH-1000XM5 quloqchinlari 3-o‘rin mukofoti: Sony WH-CH720N quloqchinlari Qo‘shimcha sovrinlar: LinkedIn Courses — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan barcha ishtirokchilarga beriladi.
Tashkilotchi: "IT-PARK UNIVERSITY" MCHJ QK
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 114-A uy.