IT Park University yangiliklari

Farg‘ona va Nukuslik abituriyentlar uchun 100 ta grant

IT Park University Farg‘ona va Nukus bitiruvchilari uchun grant dasturini ochmoqda.

2025-yilda bakalavriatning birinchi kursida o‘qish xarajatlarining 100 foizini qoplaydigan 100 ta grant ajratildi:

— Nukuslik abituriyentlar uchun 50 ta grant
— Farg‘onalik abituriyentlar uchun 50 ta grant

Kirish imtihonlari

Abituriyentlar ikkita imtihondan o‘tadilar:

— Ingliz tilidan imtihon.
Abituriyentlar tan olingan IELTS, TOEFL, DTM, CEFR, Cambridge, Internation, Astrum sertifikatlaridan biriga ega bo‘lsa, imtihondan ozod qilinishi mumkin. Minimal daraja — B1.

— Matematikadan imtihon.
SAT, DTM yoki Astrum sertifikatlari mavjud bo‘lganda ozod qilish mumkin. Qolgan hollarda imtihon standart shaklda o‘tkaziladi.

Nomzodlarni tanlash

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha abituriyentlar orasidan natijalari bo‘yicha eng yaxshi 50 nafar abituriyent tanlab olinadi. Ular grantlar oladi va birinchi yil davomida bepul o‘qishi mumkin bo‘ladi.

Grant nimalarni o‘z ichiga oladi?

Grant bakalavriatning bir yillik o‘qish xarajatining 100 foizini qoplaydi. Bu iqtidorli talabalar uchun moliyaviy xarajatlarsiz sifatli IT-ta’lim olish va eng istiqbolli sohada karyera boshlash uchun noyob imkoniyatdir.

Imtihonlar qayerda o‘tkaziladi?

Farg‘ona va Nukusdan kelgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari IT Park Uzbekistan filiallarida o‘tkaziladi:

— Marg‘ilon — IT Park Uzbekistan filiali;
— Nukus — IT Park Uzbekistan filiali.

Nima uchun ishtirok etish kerak?

IT Park University’da ta’lim olish — bu:

• EPAM — jahon darajasidagi Amerika IT-kompaniyasi o‘qituvchilari;
• har yili sanoat talablariga muvofiq yangilanadigan zamonaviy ta’lim dasturlari;
• sanoat hamkorlari bilan loyihalar va xalqaro amaliyotlar;
• grantlar va yuqori natijalarga erishgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash;
• bitiruvchilarning 80 foizi allaqachon IT-kompaniyalarda ishlaydigan hamjamiyat.

📌 Kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish