IT Park University yangiliklari

Endi IT Park University’ga DTM natijalariga ko‘ra o‘qishga kirish mumkin

Endi IT Park University’ga kirish osonlashdi: biz abituriyentlarni UzBMB (DTM) imtihoni natijalari asosida — universitetga kirish uchun qo‘shimcha test sinovlarisiz qabul qilamiz.
Buning uchun nimalar kerak:

— matematikadan kamida 10 ta to‘g‘ri javob
— ingliz tili bo‘yicha kamida 20 ta to‘g‘ri javob
— natijalar e’lon qilingandan so‘ng, hujjatlarni saytimiz orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul komissiyasiga topshiring.
Bu O‘zbekistondagi eng zamonaviy IT-universitetlaridan birida o‘qishni boshlash imkoniyatidir. DTM natijalariga ko‘ra qabul allaqachon ochilgan, joylar soni esa cheklangan - hujjatlarni topshirishni kechiktirmang!