Universitet jamoasi bilan uchrashuv davomida ITPU’ni yanada rivojlantirish va EPAM bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy mavzulardan biri ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish hamda EPAM’ning xalqaro tajribasini universitet ta’lim dasturlariga yanada chuqurroq integratsiya qilish bo‘ldi.
Talabalarni o‘qish davridayoq real tijoriy texnologik loyihalarga jalb qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu talabalarga olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va universitet davridayoq IT-industriyaning real vazifalari bilan ishlash tajribasini orttirish imkonini beradi.
IT Park University uchun Arkadiy Dobkinni universitetimizda qabul qilish alohida sharaf bo‘ldi. Ushbu uchrashuv ITPU va EPAM Systems o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro darajadagi IT-mutaxassislarni birgalikda tayyorlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.