IT Park University yangiliklari

Skill Exchange Event: qanday o‘tdi

14-mart kuni IT Park’da Skill Exchange bo‘lib o‘tdi — IT Park University, British Management University va Tashkent International University of Education talabalari uchrashuvi. Ishtirokchilar texnologiyalar, yetakchilik, kommunikatsiya va hamjamiyatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Tadbir spikerlari:
Aziza Kasimbekova (IT Park University) — dasturlash jarayonlari qanday ishlashi hamda SDLC va QA asoslari haqida.
Milana Medvedeva (British Management University) — IT’da o‘z yo‘lini topish va texnologiyalarda ayollar rivojining ahamiyati haqida.
Alina Baybekova (British Management University) — zamonaviy dunyoda yetakchilik va kommunikatsiya ko‘nikmalari haqida.
Diyora Satimova (Tashkent International University of Education) — hamjamiyatlar karyerani rivojlantirishga qanday yordam berishi haqida.
Dasturda shuningdek netvorking, interaktiv viktorina va turli universitet talabalarining tanishuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan barcha qatnashchilar, spikerlar va hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz.