IT Park University yangiliklari

Dushanbeda kirish imtihonlari

IT Park University Ilmhona va Alif Academy bilan hamkorlikda kirish imtihonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Dushanbeda topshirish imkoniyatini ochadi.

Endi tojikistonlik abituriyentlar Dushanbedagi hamkor o‘quv markazlarida kirish imtihonlaridan o‘tib, IT Park University’ga kirish uchun qadam tashlashlari mumkin.

📌 Imtihonlar IT Park University tomonidan quyidagi o‘quv markazlari bilan hamkorlikda tashkil etildi:

— Alif Academy — Dushanbe, «Barakat» savdo markazi, I. Somoniy shoh ko‘chasi, 3/2.
— Ilmxona — Dushanbe, Shirinshoh Shotimur ko‘chasi, 42

Murojaat uchun telefon: +998 94 888 10 69

Agar siz bu yil o‘qishga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — Dushanbeda imtihon topshirish va IT sohasidagi yo‘lingizni boshlash imkoniyatidan foydalaning.
2025-08-22 12:00