📸 AI & Leadership Meetup’dan fotohisobot bilan bo‘lishamiz
IT Park University’da sun’iy intellekt davrida boshqaruv, liderlik va mahsulot sifati qanday o‘zgarayotgani muhokama qilingan AI & Leadership Meetup bo‘lib o‘tdi. Tadbir Product Community Uzbekistan, Agile Uzbekistan, Women in Tech Uzbekistan va QA Uzbek Community’ning axborot ko‘magida tashkil etildi hamda AI’ni amaliy jihatdan qo‘llashga qiziqqan mutaxassislarni birlashtirdi.
Muhokama markazida — o‘zgarishlarni boshqarish, sun’iy intellektni joriy etishdagi xatarlar va GenAI mahsulotlari sifatini baholashga yangi yondashuvlar bo‘ldi. Ishtirokchilar tajriba almashdi, real keyslarni tahlil qildi va yangi texnologik reallikka qanday moslashish mumkinligini muhokama qildi.
Spikerlarga va uchrashuvda faol qatnashgan barcha ishtirokchilarga jonli muloqot, mavzuga bo‘lgan qiziqish va faollik uchun rahmat.