IT Park University yangiliklari

IT Park University Global Tech Weekend 2026’da

15–17-may kunlari IT Park University O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan xalqaro texnologik festival — Global Tech Weekend 2026’da ishtirok etdi.
Festival global IT hamjamiyati vakillari, startap ekotizimi, investorlar, muhandislar va soha yetakchilarini birlashtirdi. Uch kun davomida ishtirokchilar innovatsiyalar, tadbirkorlik, texnologiyalar rivoji va raqamli ekotizima haqida fikr almashdilar.
IT Park University vakillari universitet nomidan ishtirok etib, ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdilar, festival ishtirokchilari bilan muloqot qildilar va sanoat hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamladilar.
Global Tech Weekend 2026’dan lavhalar va ushbu bahorning eng muhim texnologik tadbirlaridan biri atmosferasi bilan bo‘lishamiz.