Yuriy Antonyuk
EPAM Systems, Inc. vitse-prezidenti va Markaziy va Sharqiy Yevropada EPAM yo’nalishi rahbari.
Yuriy Antonyuk - EPAM Systems, Inc. vitse-prezidenti va Markaziy va Sharqiy Yevropada EPAM yo’nalishi rahbari boʻlib, u Vengriya, Polsha, Bolgariya, Ispaniya va Ukrainani oʻz ichiga oluvchi, Markaziy va Sharqiy Yevropada EPAM’ni rivojlantirish uchun javobgardir.
Yuriy dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda 30 yildan ortiq tajribaga ega, shundan deyarli 20 yilini u EPAM’ga bag'ishlagan. O’z ish faoliyati davomida, Yuriy dasturiy ta'minot dasturchisi, loyiha menejeri va bir qancha yo'nalishlar boshlig'i lavozimlarini egallagan.
IT va EPAM’ga kelishdan oldin Yuriy 10 yil mobaynida Belarus Respublikasi Harbiy Akademiyasida Informatika kafedrasi dotsenti bo'lib ishlagan.
