Rustam Sunatullayev

Foundation Studies boshlig'i

Xalqaro gumanitar aloqalar sohasida yuqori darajadagi maʼlumot, shu bilan birga, davlat va tijorat loyihalarida katta ish tajribasi egasi sifatida, oʻzimni doim noyob xalqaro taʼlim loyihasida namoyon etishni istaganman.

Aynan shunday loyiha IT Park University boʻlganidan juda ham xursandman. Ishonamanki, raqamli texnologiyalar barcha, biznes va tibbiyotdan tortib taʼlim va koʻngil ochar faoliyat turlarigacha kirib borayotgan dunyoda, ITʼni tushunish va egallash juda ham muhim.

Aminmanki, mening mukammal bilimlar mozaikasidan yigʻilgan tajribam IT-taʼlimni rivojlantirishda oldimizda turgan har qanday muammoni har tomonlama oʻrganishga, vaziyatlarni toʻgʻri tahlil qilishga va masalalarga amaliy yechimlar topishga yordam beradi.