Natalya Soboleva
EPAM Systems, Inc. global akademik dasturlar bo'limi rahbari.
Natalya Soboleva - EPAM Systems, Inc. global akademik dasturlar bo'limi rahbari, shu bilan birga, EPAM’ning Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH universitetlari bilan strategik hamkorliklarining bir qismi uchun javobgardir. Natalya Moskva fizika-texnika instituti dotsenti sifatida ta'lim sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega.
EPAM’ga kelishdan oldin Natalya Moskva fizika-texnika institutining masofaviy ta'lim markazi direktori bo'lgan. U bir qancha xalqaro EdTech kompaniyalari, jumladan Competentum USA, Inc. va ShareKnowledge, Inc. asoschisidir. Natalya ko’plab maqolalarga ega, xalqaro konferensiyalarda raqamli texnologiyalar bo'yicha ma’ruzalar bilan qatnashgan va ko’plab ta'lim sohasi bo’yicha xalqaro professional tashkilotlarning a’zosi.
Natalya kimyoviy fizika va informatika fanlari nomzodi ilmiy darajasini Moskva fizika-texnika institutida egallagan.
