Natalya Karpeyeva

EPAM Systems muhandislik taʼlimi yechimlari va dasturlarini ishlab chiquvchi boʻlim boshligʻi, direktor.

Men bakalavr darajasini Minsk Davlat Lingvistika Universitetida (Belarus), tilshunos-tarjimon (ingliz, nemis va italyan tillari) mutaxassisligi boʻyicha egallaganman. Universitetda oʻqish davrida London, Wimbledon Language Academyʼda amaliyot oʻtaganman. Universitetni tamomlaganimdan soʻng, men Belarusdagi eng yirik til maktabida ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ish boshladim.

Oʻqituvchilik davrimda men savdo sohasiga qiziqib qoldim va bu meni mijozlar bilan ishlash boʻlimiga olib keldi. Bir necha yildan soʻng men korporativ mijozlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi boʻldim. Boshqaruvchi sifatida, men koʻp vaqtimni kompaniya xodimlarining taʼlimiga va rivojlanishiga sarfladim. Umuman olganda, oʻylaymanki, hatto inqiroz davrida ham boshqaruvchining asosiy eʼtibori asosiy xodimlarda boʻlishi kerak, chunki ular har qanday tashkilotning harakatlantiruvchi kuchidirlar.

Hozirda mening vazifam developerlar uchun bilim beruvchi kontent yaratuvchi jamoalarni boshqarishdan iborat. IT olami juda ham tezkor, kompaniyaning barcha muhandislari eng soʻnggi bilim va koʻnikmalarni olishlari uchun men doimo trendlarni kuzatib borishim kerak.

Bizning shior — Never Stop Learning va biz har kuni, bizning muhandislarda zamonaviy bilimlarni egallash imkoni boʻlishi uchun kuch va resurslarni ayamaymiz