Konstantin Ovsyanikov

Texnika fanlari nomzodi, dotsent, elektrotexnika va dasturiy muhandislik boʻyicha mutaxassis

Men butun umrimni texnika fanlarini oʻrganishga bagʻishlaganman. Ana shu doimiy ilmga boʻlgan ishtiyoq ortida texnika faoliyat turiga va shu sohada katta narsalar yaratishga boʻlgan soʻnmas qiziqish turar edi.

Mana 10 yildan ortiq vaqtdan beri men qimmatli bilim va tajribalarimni oʻz talabalarim bilan boʻlishib kelmoqdaman. BRU (Belarus-Rossiya universiteti)da oʻqituvchi boʻlib ishlaganimda men kafedra va yangi mutaxassislik “Dasturiy muhandislik”ni yaratdim.
Ushbu mutaxassislik boʻlajak IT-mutaxassislari uchun taʼlim poydevoriga aylandi.

Bir necha yillardan buyon men EPAM kompaniyasining Global Akademik Dasturi ekspertiman. Bu dasturning asosiy maqsadlaridan biri, prodakshn korxonalarining ehtiyojlarini qondiradigan bakalavriatning ichki standartini yaratishdir.

Ushbu ichki standartni ITPUʼda qoʻllash asta-sekinlik bilan boshlab yuborilgan. Yetakchi xorijiy IT universitetlar oʻqituvchilarining qoʻllab-quvvatlashlari va hamkorliklari yordamida biz ITPU talabalari uchun eng muhim bilim, koʻnikma va amaliyotlarni moslashtirish va joriy etishda davom etmoqdamiz. Bunday harakatlar IT-taʼlim sohasida sifatli bilim olish jarayonini taʼminlaydi.
Va umid qilamanki, bizning birgalikdagi barcha urinishlarimi, harakatlarimiz, yaqin orada boʻlajak avlod uchun foyda keltiruvchi natijalar beradi.