Bohodir Ayupov
ITPU bosh direktori
Mening karyeram loyihalarni rivojlantirish va xalqaro hamkorliklar asosida qurilgan. Turli mamlakatlar kompaniyalari, ta’lim muassasalari va hokimiyat organlari bilan ko’p yillik hamkorlik menga har qanday yo‘nalishda rivojlanishning asosiy omili inson resurslari ekanligini aniq anglatdi. Shu bilan birga esa, kasbiy va shaxsiy imkoniyatlarni ta’lim bosqichidayoq kengaytirish muhimdir.
Bizning maqsadimiz yoshlarni faqat IT-mutaxassislariga aylantirishgina emas, biz ularni har tomonlama salohiyatini oshirishni istaymiz. Ertangi kun bizga dasturlashning asoslarini bilish zarurligini ta’kidlamoqda. Bu bizning umumiy kelajagimizdir.
Bu sohani tahlil qilish, bozor talablari va yangi bitirib chiqayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlari o'rtasidagi tafovut tufayli odamlar ham, kompaniyalar ham qanchalik qiynalayotganlarini ko'rsatdi.

Universitetimiz o‘qituvchilari tarkibiga EPAM - raqamli muhandislik va konsalting xizmatlari bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan kompaniya mutaxassislari kiradilar. Ular doimiy ravishda o'quv dasturini yangilaydilar, faqatgina kerakli nazariyani beradilar va real tajribalar bilan bo’lishadilar.
Men uchun ITPU’ni rivojlantirish ustida ishlashda, universitetimiz talabalar va bitiruvchilarga bera oladigan imkoniyatlarga e'tibor qaratish muhim. Aynan shuning uchun men xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga katta vaqt ajrataman: muzokaralar olib boraman va chet el universitetlari bilan tajriba almashish, AQSh va Yevropada amaliyot o'tash uchun yangi imkoniyatlar izlayman.
IT Park University’da talabalik hayoti axborot texnologiyalariga mehr qo'yganlarga albatta yoqadi. Sizni amaliyotlar, hakatonlar, jahonga mashhur mutaxassislarning mahorat darslari va dunyoning istalgan nuqtasidan turib o‘qish imkoniyati kutmoqda.
Biz bandlik bilan integratsiyalashgan butunlay yangi ta'lim tuzilmasini qurishga muvaffaq bo'ldik. Va bu sifat darajasini tushirmaslik uchun kerak bo’lgan barcha narsani qilamiz.