
Bilim va taʼlimning hammabopligi mening hayotimdagi asosiy gʻoyalardan biridir. Ishonchim komilki, faqat shundagina barchamiz oʻzimizning va farzandlarimizning kelajagini qurib olgʻa intilamiz.
Shuning uchun men 25 yil oldin dars berishni boshladim, keyin bolalar kitoblari uchun ochiq resurs boʻlgan Childrenʼs Digital Library yaratdim va Coursera va edX bilan Ommaviy ochiq online-kurslar (Massive Open Online Courses, MOOC) dasturini ishga tushirdim.
Endi mening faoliyatimning asosiy yoʻnalishlaridan biri EPAM school of Digital Engineering va shu qatorda IT Park Universityʼni rivojlantirishdir. Ushbu loyihaga men online taʼlim boʻyicha maksimal darajadagi bilim va tajribamni IT-mutaxassislari uchun qoʻshyapman. Aminmanki, bizning amaliyotga asoslangan yondashuvimiz zamonaviy talaba uchun eng kerakli narsadir.
Biz hozir va shu daqiqada IT-mutaxassis uchun aktual boʻlgan yangi ish usullari va amaliy bilimlarga eʼtibor qaratmoqdamiz. Talabalarimiz safiga masofadan turib qoʻshilishadi, oʻquv jarayonini shakllantirishga bo’lgan bunday yondashuv esa Oʻzbekiston Respublikasi hududida shunchaki yoʻq.
Va menda faxrlanadigan narsa bu - murakkab masalalar yechimini topayotgan, keyingi mavzuni koʻzlari yonib boshlayotgan, yangi kasb-hunarlarni oʻzlashtirayotgan, mahoratini oshirayotgan talabalar. Axir, keyinchalik ular yangi va ajoyib narsalar ustida ishlashadi, kelajak dasturlari ustida.