Arkadiy Dobkin

EPAM bosh direktori

Arkadiy Dobkin dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va IT xizmatlar ko’rsatish pioneri sifatida taniqli, shu bilan birga, Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqalaridan xalqaro biznes hamjamiyatiga dasturiy ta'minot bo'yicha iste'dodlarning katta qismini ochishda muhim rol o’ynagan. 2021-yilda GLOBSEC kompaniyasi uni Markaziy va Sharqiy Yevropa hududlari va undan tashqaridagi texnologik biznes muhitining rivojlanishiga qo’shgan ajoyib hissasi uchun Tatra Summit Business Leadership Award bilan taqdirlagan, shuningdek, Filadelfiya Business Journal’ning eng hurmatli boshqaruvchilar ro’yxatiga kiritgan.

1993-yil EPAM’ga asos solinishiga qadar, janob Dobkin SAP, Prudential Insurance va Colgate-Palmolive’da rahbarlik lavozimlarini egallagan. Ernst & Young World Entrepreneur of the Year kompaniyasining “Yil Tadbirkori” akademiyasiga va elitaga oid Shon Sharaflar zaliga kiritilgan. Belarus Milliy Texnika universitetining Elektrotexnika Muhandisligi bo’yicha magistr darajasi sohibi.