SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHGA ROZILIK


https://itpu.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tib (keyingi o‘rinlarda - "Sayt") va so‘rovnomani/shaklni to‘ldirib (keyingi o‘rinlarda shuningdek - "Subyekt"), men egalik qiluvchi "IT-PARK UNIVERSITY" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan (manzili: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4 uy, 100164) (keyingi o‘rinlarda – «Kompaniya») istalgan qurilmadan va har qanday shaklda Kompaniya bilan aloqa qilganda Kompaniya Sayti orqali yig‘iladigan quyidagi shaxsiy ma’lumotlarimga qayta ishlov berilishiga erkin tarzda, o‘z ixtiyorim bo‘yicha va ongli ravishda o‘z roziligimni beraman.

1) Men rozilik beradigan shaxsiy ma'lumotlarning tarkibi:
men tomonimdan ko‘rsatilgan va/yoki Saytda ro‘yxatdan o‘tishda (hisob yozuvini yaratishda) avtomatik tarzda yig‘iladigan shaxsiy ma’lumotlar, jumladan, nikneym (familiyam, ismim, otamning ismi), elektron pochta manzilim hamda "Internet" tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlar/resurslarda joylashgan (Vkontakte, Facebook, LinkedIn, Twitter, akkaunt Google, GitHub, GitLab va h.z.) akkauntimdagi men saytga kiradigan shaxsiy ma’lumotlarim, jumladan, "Internet" tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoq/resursdan nikneym (familiyam, ismim), elektron pochta manzilim, "Internet" tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoq/resursdagi akkauntimning avatari (fotosurat), tarmoqli identifikatori (ID), Saytdagi mening tarmoqli identifikatorim (ID) va turgan joyi (mamlakat) foydalanadigan IP-manzili asosida avtomatik tarzda aniqlanadigan boshqa berilgan identifikatorlar (ID), avtomatik tartibda to‘planadigan boshqa ma’lumotlar (Saytga kiriladigan qurilmalarning IP-manzillari, brauzer tarixi, qurilma turi, operatsion tizim va kompyuter, mobil brauzer turi, Saytga (sessiyaga) kirgan, ma’lumotlar yangilangan va o‘chirilgan sana va vaqt, Saytdagi harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jumladan, ko‘riladigan reklama, Sayt servislaridan foydalanish to‘g‘risida), jumladan, Yandeks.Metrika, Google Analytics, Amplitude, Hotjar, Mixpanel, Google Tag Manager, LinkedIn, Facebook avtorizatsiya provayderlari, Google, Twitter, Github, GitLab, Vkontakte, Odnoklassniki akkauntlari va boshqa metrik dasturlardan (tizimlardan) foydalanib, shuningdek, quyidagi shaxsiy ma’lumotlar, jumladan, Beamery vositasidan foydalanib yig‘iladigan: familiya, ism, otasining simi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSShIR), ijtimoiy toifasi, millati, pasport ma’lumotlari, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnoma bo‘yicha shaxsni tasdiqlovchi hujjat deb tan olinadigan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari, jumladan, raqami, seriyasi, berilgan joyi va sanasi, vaqtinchalik turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish manzili, haqiqatan yashash joyi, elektron pochta manzili, telefoni (mobil), Subyektning tasviri (fotosurati), ta’limi to‘g‘risida ma’lumotlar, jumladan, kasbiy sertifikatlari, ilmiy unvonlari va darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ta’limi (jumladan, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlardagi ta’lim muassasasi yoki ilmiy muassasaning nomi va manzili kabi barcha ma’lumotlar, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning rekvizitlari (nomi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi), o‘qish davrlari, kirgan yili, tugatgan yili, fakulteti, yo‘nalishi/mutaxassisligi, olgan ixtisosligi), o‘qigan yili, o‘qish uchun to‘lov shakli, qo‘shimcha ta’lim olganligi, kurslardan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, natijalari bo‘yicha olingan sertifikatlari va ta’limdan, kurslardan o‘tganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarning nusxalari, ijtimoiy tarmoqlardagi (jumladan, Telegram) akkauntlarga havolalar, fuqaroligi, manzili/turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jumladan, mamlakat, tuman, viloyat, shahar), ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar (men kirishga ruxsat bergan, jumladan, kontaktlar yoki "do‘stlar ro‘yxati" hamda men umumerishimli qilib nashr qilgan ma’lumotlar), elektron pochta orqali Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidan boshqa yuridik shaxslar vakillari bilan yozishmalar
shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan: maktab raqami, ismi, familiyasi, ota-onasining (boshqa qonuniy vakilining) ismi, uning elektron pochta manzili va telefoni (mobil).

2) Shaxsiy ma’lumotlar bilan harakatlar va qayta ishlash usullari.
Ushbu rozilik Internet tarmog‘ida shaxsiy ma’lumotlarni to'plash, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, shaxssizlantirish, yo'q qilish, joylashtirish (nashr qilish), shuningdek uzatish bo'yicha bir yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish uchun beriladi: (i) umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlari orqali, (ii) axborot-telekommunikatsiya xalqaro axborot almashinuvi tarmoqlari orqali, (iii) Subyekt tomonidan taqdim etilgan ushbu rozilik shartlariga muvofiq (shu jumladan, shaxsiy ma'lumotlarning yetarli darajada himoyasini ta'minlamaydigan xorijiy davlatlar hududida) EPAM kompaniyalar guruhidan yuridik shaxslar joylashgan mamlakatlar hududiga shaxsiy ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish.
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladigan usullar: (i) avtomatlashtirilgan ishlov berish, shu jumladan Kompaniyaning shaxsiy ma'lumotlarini axborot tizimlariga kiritish orqali; (ii) avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan ishlov berish (avtomatlashtirilmagan); (iii) aralash ishlov berish; (iv) nusxa ko'chirish va shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qilmaydigan boshqa usulda elektron shaklda mavjud bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarni olish bilan qayta ishlash; (v) shaxsiy ma'lumotlarni qog'oz shaklida, shuningdek elektron shaklda Kompaniya serverlarida, EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslar, ularning kontragentlari, operatorlari va bunday shaxsiy ma'lumotlar ushbu rozilik shartlariga muvofiq uzatilgan boshqa shaxslarda saqlash; (vi) shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadi bilan bog'liq ma'lumotlarni o'z ichiga olganligini aniqlash maqsadida shaxsiy ma'lumotlarni ko'rish; (vii) ushbu rozilik shartlariga muvofiq kompaniya bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnoma doirasida o'z vazifalarini, majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lgan shaxslarga shaxsiy ma'lumotlarga kirishni ta'minlash; (viii) rozilikda kelishilgan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga muvofiq bo‘lgan boshqa ishlov berish usullari.

3) Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari
Shaxsiy ma'lumotlarimni ushbu rozilik asosida qayta ishlash Kompaniya tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:
- menga Saytda ro'yxatdan o'tish imkoniyatini berish va Saytga keyingi tashriflarimda ishlatish uchun mening akkauntimni yaratish (keyingi o‘rinlarda - "hisob yozuvi);
- menga Saytga kirish va Sayt resurslariga kirish imkoniyatini berish;

- Beamery, HubSpot, SendGrid vositalaridan foydalanib, Kompaniya va EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan individual kommunikatsion yondashish maqsadida analitika natijalari (jumladan, javoblarimning faolligini tahlil qilish, marketing kompaniyasi doirasida menga yuborilgan havolalar orqali mening o‘tishlarim) asosida marketing kompaniyalari/hodisalarini o‘tkazish;

- Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risidagi yangiliklarni, Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan dasturlar va bunday tadbirlarga taklifnomalarni (tarqatmalarni) menga yuborish;
- Kompaniya va EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar uchun potensial kontragentlarni, bo'sh ish o'rinlariga nomzodlarni izlash, jumladan, Beamery, HubSpot, SendGrid vositalaridan foydalangan holda;

- EPAM kompaniyalar guruhi doirasida potensial kontragentlar va kadrlar zahiralari bazasini shakllantirish uchun shaxsiy ma'lumotlarimni Kompaniyaning shaxsiy ma'lumot tizimlariga kiritish;

- men va Kompaniya o'rtasida pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuzish masalasini ko'rib chiqish (keyingi o‘rinlarda - Shartnoma);
- men va EPAM kompaniyalar guruhidan yuridik shaxs o'rtasida fuqarolik yoki mehnat shartnomasini tuzish masalasini ko'rib chiqish;

- menga ta'lim xizmatlarini taqdim etish, shu jumladan Learn.epam.com, university.epam.com sayti va Kompaniya va EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan ma’muriylashtiriladigan boshqa saytlardan foydalanib;
- yuqorida ko'rsatilgan maqsadlar uchun (shu jumladan, menga xat yuborish) men bilan qaytuvchi aloqani o'rnatish (shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarimni aniqlashtirish va EPAM kompaniyalar guruhi doirasidagi axborot kampaniyalarida mavjud bo'sh ish o'rinlari va yangilanishlar, Shartnomani, boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoki mehnat shartnomasini tuzish bo'yicha takliflar haqida ma'lumot yuborish), Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan dasturlar bo'yicha o'qitish, Shartnomani, boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoki mehnat shartnomasini shu jumladan MailChimp vositasidan foydalanib bajarish jarayonida aloqani amalga oshirish;
- Vkontakte (www.vk.com), Facebook (www.facebook.com), Instagram (www.instagram.com), LinkedIn (www.linkedin.com) ijtimoiy tarmoqlar yordamida mening afzalliklarim/harakatlarim asosida menga targetlangan reklamani taqdim etish;
- men taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlarning to'g'riligini va to'liqligini aniqlashtirish, tasdiqlash;
- "cookies" fayllari Saytning ishlashini yaxshilash, Sayt bilan ishlashim qulayligi va samaradorligini oshirish, ehtiyojlarimga eng mos keladigan yechimlar va xizmatlarni taqdim etish, afzalliklarimni aniqlash, reklamalarni namoyish qilish (xatti-harakatlar reklamasi), shuningdek, Saytning texnik imkoniyatlarini ta'minlash uchun yig'iladi va qayta ishlanadi. Men ushbu fayllarni ushbu rozilikning 5-bandida batafsil bayon etilgan maqsadlar uchun qayta ishlashga rozilik bildiraman.

- boshqa maqsadlar uchun mening roziligim bilan;

shuningdek, voyaga etmagan Subyektlarga nisbatan:
- voyaga yetmagan Subyekt bilan qaytuvchi aloqani o‘rnatish, shuningdek Subyektni Kompaniya va/yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan dasturlar bo‘yicha o‘qitish, Shartnoma tuzish va bajarish jarayonida Kompaniya va/yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslar bilan aloqa o‘rnatish masalalari bo‘yicha uning ota-onasi (boshqa qonuniy vakillari) bilan aloqa qilish.

4) Operatorlar va uchinchi shaxslar.
Men, Kompaniya EPAM xalqaro kompaniyalar guruhiga kiruvchi yuridik shaxs ekanligini tushunaman va Sayt ushbu kompaniyalar guruhidagi barcha yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi mumkin, shuning uchun men mazkur guruhga kiruvchi barcha yuridik shaxslarga Sayt orqali to'plangan shaxsiy ma'lumotlarimni transchegaraviy uzatishga va ularga kirishga, va ushbu yuridik shaxslar tomonidan mening shaxsiy ma’lumotlarimdan faqat shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga ushbu rozilikda ko'rsatilgan maqsadlar uchun foydalanishga, shu jumladan, agar men EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslardan biri bilan bunday pullik xizmatlarni taqdim etish uchun shartnoma tuzsam menga pullik xizmatlar ko'rsatish maqsadida, men va EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxs o'rtasida fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish masalalarini ko‘rib chiqish maqsadlarida foydalanishga o‘z roziligimni beraman.
Shuningdek, Sayt orqali to'planadigan shaxsiy ma'lumotlarimga "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi" MCHJga, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Tepamasjid ko'chasi, 4-uy, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga ushbu rozilikda ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanishga rozilik beraman.

Sayt Bitrix platformasida ishlab chiqilganligini tushunaman, Kompaniya "AXOFT" MChJ (https://bitrix24.uz/) kompaniyasining xizmatlaridan, "TECHNOUNIT-GROUP" MChJ (https://technounit.uz/) kompaniyasining xizmatlaridan foydalanadi, shuning uchun men "AXOFT" MChJ (https://bitrix24.uz/, joylashgan manzili: 100011, O'zbekiston, Toshkent Sh., Navoiy ko'chasi, 22) kompaniyasiga, "TECHNOUNIT-GROUP" MCHJ (https://technounit.uz/, joylashgan manzili: O'zbekiston, Toshkent Sh., Mirobod tumani, Nukus ko'chasi, 71-uy) kompaniyasiga shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ushbu rozilikda ko'rsatilgan maqsadlarda shaxsiy ma’lumotlarimni uzatishga va ularga kirishga o‘z roziligimni beraman.

Men Kompaniya Vkontakte, Facebook, Instagram, LinkedIn ijtimoiy tarmoqlarining reklama xizmatlaridan foydalanishini tushunaman, shuning uchun men Sayt orqali to'planadigan mening shaxsiy ma'lumotlarimni transchegaraviy uzatilishiga va ularga kirishga o‘z roziligimni beraman.
Saytga tashrif buyuradigan qurilmalarning IP-manzillari, brauzer tarixi, qurilma turi, operatsion tizim va kompyuter, mobil brauzer turi, Saytga tashrif buyuradigan sana va vaqt ( sessiya), ma'lumotlarni yangilash va o'chirish, Saytdagi harakatlar haqida ma'lumotlar (shu jumladan, ko'rib chiqilayotgan reklama, Sayt xizmatlaridan foydalanish), "cookies" fayllari,

Vkontakte (www.vk.com, "V Kontakte" mas'uliyati cheklangan jamiyati ("V Kontakte" MCHJ), joylashgan manzili: 191024, Sankt-Peterburg, Xersonskaya ko‘ch., 12-14 uy, liter A, xona 1-H), Facebook (http://www.facebook.com/, joylashgan manzili: Facebook, Inc. 1601 Willow Rd. Menlo Park, CA 94025), Instagram (http://instagram.com/, Facebook, Inc., joylashgan manzili: 1601 Willow Rd. Menlo Park, CA 94025), LinkedIn (www.linkedin.com, LinkedIn Corporation, joylashgan manzili: 1000 W. Maude Ave Sunnyvale, CA 94085) ijtimoiy tarmoqlarining egalariga Vkontakte, Facebook, Instagram, LinkedIn ijtimoiy tarmoqlari yordamida mening afzalliklarim/harakatlarim asosida o‘lchov xizmatlarini taqdim etish va reklama targetingi maqsadlari uchun. Men yuqoridagi Vkontakte, Facebook, Instagram, LinkedIn ijtimoiy tarmoq egalari Saytdan va boshqa har qanday Internet resurslaridan ma'lumotlarni to'plash yoki olish uchun "cookies" fayllaridan, veb-mayoqlardan va boshqa ma'lumotlarni saqlash texnologiyalaridan foydalanishlari va yuqorida ko'rsatilgan maqsadlar uchun ushbu ma'lumotlarni ishlatishi borasida xabardorman.

Brauzerim sozlamalarida "cookies" fayllarini saqlashni taqiqlash orqali reklama targetingi uchun ma'lumot to'plash va ulardan foydalanishni taqiqlashim mumkinligi haqida xabardorman. Shuningdek, saytlarda bunday tanlovni amalga oshirish mexanizmiga kirishim mumkinligi haqida xabardorman:
• http://www.aboutads.info/choices
• http://www.youronlinechoices.eu/.
Kompaniya meni cookie-fayllar va ularning ishlash tamoyillari haqida ko'proq ma'lumotni http://www.aboutcookies.org/manbasida topishim mumkinligi haqida xabardor qildi .

Men kompaniyaning Beamery vositasidan foydalanayotganini tushunaman, shuning uchun men Sayt orqali to'planadigan, aynan quyidagi shaxsiy ma'lumotlarimni transchegaraviy uzatilishiga va ularga kirishga o‘z roziligimni beraman:
o‘z ichiga familiyam, ismim, elektron pochta manzilimni, manzilim/turgan joyim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, mobil telefon raqamimni, ta’limim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, men kirish ruxsatini bergan ijtimoiy tarmoqdan olingan ma’lumotlarni, shu jumladan ijtimoiy tarmoqdagi akkauntimning tarmoq identifikatorini (ID), kontaktlar yoki "do'stlar ro'yxati"ni, shuningdek, men umumerishimli qlib nashr qilgan ma'lumotlarni, mening IDimni, elektron pochta orqali Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi kompaniyalarning boshqa yuridik shaxslarning vakillari bilan o‘z xohishimga ko‘ra taqdim etgan yozishmalarimni, avtomatik rejimda, jumladan, Google Analytics, Mixpanel metrik dasturlari (tizimlari)dan foydalanib to'planadigan boshqa ma'lumotlarni (Saytga kiriladigan qurilmalarning IP-manzillari, brauzer tarixi, qurilma turi, operatsion tizim va kompyuter, mobil brauzer turi, Saytga tashrif buyurgan, ma’lumotlar yangilangan va o‘chirilgan sana va vaqt (sessiya), Saytdagi harakatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, "cookies" fayllari) o‘z ichiga olgan shaxsiy ma’lumotlarimga va

Beamery Ltd. (www.beamery.com, joylashgan manzili: 353 Sacramento Street, Floor 8, San Francisco, California, CA 94111) kompaniyasi tomonidan mening shaxsiy ma’lumotlarimdan mutlaqo quyidagi maqsadlarda foydalanishiga:
· Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan har tomonlama tahlil bilan marketing kampaniyalarini/hodisalarini o‘tkazish hamda xabarlar oqimi/kommunikatsion oqimlar (masalan, faolligi/javoblar tez-tezligi, qiziqqanligi), harakatlar/triggerlar (masalan, marketing kampaniyasi doirasida yuborilgan havolalar bo‘yicha o‘tish) asosida nomzodlar tarkibini ishtirok etish/muvofiqlik mezonlari bo‘yicha segmentlash/bo‘lish yo‘li bilan nomzodlar/potensial kontragentlar bilan EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxs tomonidan fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqish uchun nomzodlarni/potensial kontragentlarni izlash va jalb qilish,

· sozlanadigan avtomatlashtirilgan elektron xatlar/sms/messenjerlar orqali men va Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar bilan kommunikatsiyalarni/aloqalarni amalga oshirish,

· Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarining axborot tizimlaridagi EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslarga erishimli bo‘lgan ma’lumotlarni umumerishimli ma’lumotlar, jumladan, turli ijtimoiy tarmoqlardan yoki ochiq rezyume bazalaridan olingan ma’lumotlar bilan avtomatik ravishda to‘ldirish;

· shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun ushbu rozilikda ko'rsatilgan boshqa maqsadlar.

Men kompaniya Hubspot vositasidan, SendGrid vositasidan foydalanayotganini tushunaman, shuning uchun men Sayt orqali to‘planadigan shaxsiy ma’lumotlarimni, aynan quyidagilarni transchegaraviy uzatishga va ularga kirishga o‘z roziligimni beraman:
Familiyam, ismim, otamning ismi, elektron pochta manzilim,
HubSpot, Inc. kompaniyasiga (www.hubspot.com, joylashgan manzili: 25 First Street, 2nd Floor Cambridge, MA 02141 USA),
Twilio Inc. kompaniyasiga (sendgrid.com, www.twilio.com, joylashgan manzili: 101 Spear Street, 1st Floor, San Francisco, California, 94105, United States of America), Twilio Ireland Limited kompaniyasiga (sendgrid.com, www.twilio.com, joylashgan manzili: 25-28 North Wall Quay, Dublin 1, Ireland) va mening shaxsiy ma’lumotlarimdan HubSpot, Inc. kompaniyasi, Twilio Inc. kompaniyasi, Twilio Ireland Limited kompaniyasi faqat quyidagi maqsadlarga foydalanishiga:

· Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan har tomonlama tahlil bilan marketing kampaniyalarini/hodisalarini o‘tkazish hamda xabarlar oqimi/kommunikatsion oqimlar (masalan, faolligi/javoblar tez-tezligi, qiziqqanligi), harakatlar/triggerlar (masalan, marketing kampaniyasi doirasida yuborilgan havolalar bo‘yicha o‘tish) asosida nomzodlar tarkibini ishtirok etish/muvofiqlik mezonlari bo‘yicha segmentlash/bo‘lish yo‘li bilan nomzodlar/potensial kontragentlar bilan EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxs tomonidan fuqarolik-huquqiy yoki mehnat shartnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqish uchun nomzodlarni/potensial kontragentlarni izlash va jalb qilish,

· sozlanadigan avtomatlashtirilgan elektron xatlar/sms/messenjerlar orqali men va Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar bilan kommunikatsiyalarni/aloqalarni amalga oshirish,

· Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarining axborot tizimlaridagi EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslarga erishimli bo‘lgan ma’lumotlarni umumerishimli ma’lumotlar, jumladan, turli ijtimoiy tarmoqlardan yoki ochiq rezyume bazalaridan olingan ma’lumotlar bilan avtomatik ravishda to‘ldirish;

· shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun ushbu rozilikda ko'rsatilgan boshqa maqsadlar.

Men kompaniyaning Mailchimp vositasidan foydalanayotganini tushunaman, shuning uchun men Sayt orqali to'planadigan, aynan quyidagi shaxsiy ma'lumotlarimni transchegaraviy uzatilishiga va ularga kirishga o‘z roziligimni beraman:
ismim, familiyam, elektron pochta manzilim, joylashgan joyimni o'z ichiga olgan shaxsiy ma'lumotlar,
The Rocket Science Group LLC kompaniyasiga, aynan uning Mailchimp vositasiga (www.mailchimp.com, joylashgan manzili: 675 Ponce de Leon Ave NE, Suite 5000, Atlanta, GA 30308 USA), va mening shaxsiy ma’lumotlarimdan The Rocket Science Group LLC kompaniyasi faqat quyidagi maqsadlarda foydalanishiga:
men bilan qaytuvchi aloqani o'rnatish (jumladan, Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risidagi yangiliklarni, tarqatmalarni, Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan dasturlar va bunday tadbirlarga taklifnomalarni, EPAM kompaniyalar guruhi doirasidagi axborot kampaniyalarida mavjud bo'sh ish o'rinlari va yangilanishlar, Shartnomani, boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomasini yoki mehnat shartnomasini tuzish bo'yicha takliflar haqida ma'lumotlarni menga yuborish),

Men kompaniyaning Telegram chat-botidan foydalanayotganini tushunaman, shuning uchun men Sayt orqali to'planadigan, aynan quyidagi shaxsiy ma'lumotlarimni transchegaraviy uzatilishiga va ularga kirishga o‘z roziligimni beraman:
familiyam, ismim, mobil telefonimning raqami, elektron pochta manzilim, shahrim, maktabimning raqami (bot), pasport ma’lumotlarim, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnoma bo‘yicha shaxsni tasdiqlovchi hujjat deb tan olinadigan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari, jumladan, raqami, seriyasi, berilgan joyi va sanasi, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari, fuqaroligim haqidagi ma’lumotlar, doimiy turgan joyim bo‘yicha ro‘yxatga olish manzilim, vaqtinchalik turgan joyim bo‘yicha ro‘yxatga olish manzilim, ta’limim to‘g‘risida ma’lumotlar, jumladan, kasbiy sertifikatlar, ilmiy unvonlar va darajalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ta’limim (jumladan, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlardagi ta’lim muassasasi yoki ilmiy muassasaning nomi va manzili kabi barcha ma’lumotlar, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning rekvizitlari (nomi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi), o‘qish davrlari, kirgan yili, tugatgan yili, fakulteti, yo‘nalishi/mutaxassisligi, olgan ixtisosligi), o‘qigan yilim, o‘qish uchun to‘lov shakli, qo‘shimcha ta’lim olganligim, kurslardan o‘tganligim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, natijalari bo‘yicha olingan sertifikatlar va ta’limdan, kurslardan o‘tganligimni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarning nusxalari,
Telegram Messenger Inc. kompaniyasiga (telegram.org, joylashgan manzili:71-75 Shelton Street Covent Garden London United Kingdom), Telegram Group Inc kompaniyasiga (telegram.org, joylashgan manzili: Craigmuir Chambers, Road Town, Tortola D8 VG 1110, British Virgin Islands.), Telegram FZ-LLC kompaniyasiga (telegram.org, joylashgan manzili: Offices 2301 - 2303, Floor 23, Business Central Towers, Tower A Dubai, Dubai United Arab Emirates) va mening shaxsiy ma’lumotlarimdan Telegram Group Inc kompaniyasi, Telegram FZ-LLC kompaniyasi, Telegram Messenger Inc. kompaniyasi faqat quyidagi maqsadlarda foydalanishiga:
· Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan har tomonlama tahlil bilan marketing kampaniyalarini/hodisalarini o‘tkazish hamda Kompaniya men bilan Shartnoma tuzish masalasini ko‘rib chiqishi uchun,
· sozlanadigan avtomatlashtirilgan elektron xatlar/sms/messenjerlar orqali men va Kompaniya yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi boshqa yuridik shaxslar bilan kommunikatsiyalarni/aloqalarni amalga oshirish,
· shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun ushbu rozilikda ko'rsatilgan boshqa maqsadlar.

O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda mening shaxsiy ma'lumotlarim O'zbekiston Respublikasi davlat organlariga, boshqa vakolatli shaxslarga tegishli davlat organlari, boshqa vakolatli shaxslarning talabi bo‘yicha, shu jumladan HEMIS axborot tizimidan foydalangan holda taqdim etilishi mumkinligini tushunaman. Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash qonun hujjatlarida belgilangan mulkdor va (yoki) operatorning majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga alohida roziligim talab qilinmaydi.

5) "cookies" fayllari
5.1. Saytning ishlashini yaxshilash, Sayt bilan ishlashning qulayligi va samaradorligini oshirish, Subyektning ehtiyojlariga eng mos keladigan yechimlar va xizmatlarni taqdim etish, Subyektning afzalliklarini aniqlash, reklamalarni namoyish qilish (xatti-harakatlar reklamasi), shuningdek, Kompaniya Saytining texnik imkoniyatlarini ta'minlash uchun ushbu Saytdan qanday foydalanganligi haqida ma'lumotni saqlash va to'plash kerak. Buning uchun "cookies" deb nomlangan kichik matnli fayllar ishlatiladi. "Cookies" kichik hajmdagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va Kompaniya Sayti serveridan Subyektning kompyuteriga yoki boshqa qurilmasiga yuklanadi. "Cookies" va ularning ish tamoyillari haqida batafsil ma'lumotni http://www.aboutcookies.org/ manbasidan topish mumkin.


5.2. Subyekt Saytga tashrif buyurganida, Kompaniya "cookies" fayllarini, teglarni, piksellarni va shunga o'xshash kuzatuv texnologiyalarini (birgalikda "cookies" deb nomlangan fayllarni) Subyekt qurilmasiga, brauzerda yoki Subyekt tomonidan ko'riladigan veb-sahifada Subyekt sozlamalarini shaxsiylashtirish uchun (masalan, til imtiyozlari), Saytni ishlatish, taqdim etish, takomillashtirish va himoya qilishning mohiyatini tushunishni ta'minlash uchun o‘rnatadi.

5.3. Sayt turli maqsadlar uchun turli xil "cookies" fayllaridan foydalanadi, ya'ni:
5.3.1. Mutlaqo zarur bo'lgan "cookies" fayllari: ushbu "cookies" fayllari Subyekt Saytda harakatlanishi va ularning funksiyalaridan foydalanishi uchun zarur. Bunday fayllarsiz Saytning asosiy funksionalidan foydalanish mumkin emas.
5.3.2. "Cookies" ekspluatatsion fayllari: ushbu "cookies" fayllari Subyekt Saytdan qanday foydalanishi haqida ma'lumot to'playdi. To'plangan ma'lumotlar, masalan, ishlatilgan brauzerlar va operatsion tizimlar, ilgari tashrif buyurilgan saytning domen nomi, tashriflar soni, tashrifning o'rtacha davomiyligi va ko'rib chiqilgan sahifalarni o'z ichiga oladi. Bunday "cookies" fayllari Subyektni shaxsan aniqlaydigan ma'lumotlarni va kengaytirilgan ma'lumotlarni (statistik tahlil maqsadlari uchun to'plangan va umumlashtirilgan shaklda ifodalangan va amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy bo'lmagan ma'lumotlar) to'plamaydi. "Cookies" ekspluatatsion fayllari Saytdan foydalanish qulayligini oshirish va Sayt mavzusidan qoniqish darajasini oshirish uchun ishlatiladi.



5.3.3. "Cookies" funktsional fayllari: ushbu "cookies" fayllari Sayt tomonidan tanlangan variantlarni (masalan, Subyektning nomi yoki tarmoq identifikatori (ID), til sozlamalari yoki Subyekt joylashgan hudud yoki mintaqa) eslab qolish imkonini beradi va Saytning kengaytirilgan, ko'proq shaxsiylashtirilgan funksiyalarini taqdim etadi. Ushbu "cookies" fayllari, shuningdek, Subyekt tomonidan matn o‘lchamiga, shriftlarga va veb-sahifalarning boshqa sozlanadigan qismlariga kiritilgan o'zgarishlarni eslab qolish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bunday "cookies" fayllarini to'playdigan ma'lumotlarni shaxssizlantirish mumkin; ushbu "cookies" fayllari boshqa saytlarda/ilovalarda Subyektning faolligini kuzata olmaydi.
5.4. Subyekt Saytdan foydalanayotganda, Kompaniya EPAM kompaniyalar guruhining Saytida va boshqa saytlari/ilovalarida Subyektning onlayn-harakatlari borasida axborot yig‘ish uchun Yandeks.Metrika, Google Analytics, Amplitude, Hotjar, Mixpanel, Google Tag Manager metrik dasturlari, LinkedIn, Facebook avtorizatsiya provayderlari, Google, Twitter, Github, GitLab, Vkontakte, Odnoklassniki akkauntlari va boshqalar kabi uchinchi servislarning eksplatatsion va qayta yo‘naltiruvchi «cookies» fayllaridan foydalanishi mumkinligiga roziligini bildiradi. Bunday ma'lumotlar reklamani Subyektning manfaatlarini hisobga olgan holda ko'rsatish (xatti-harakatlar reklamasi), shuningdek, reklama samaradorligini va tashrif buyuruvchilar sonini kuzatish va boshqarishga yordam beradigan ma'lumotlarni to'plash uchun ishlatiladi . Bu demak, Kompaniya Google Display Network (GDN) kabi nashriyot tarmoqlari orqali Saytga avvalgi kirishlarga asoslangan reklamalarni namoyish qilishi mumkin. Bunday "cookies" fayllari haqida qo'shimcha ma'lumotni tegishli uchinchi tomonning veb-saytida topish mumkin (http://www.google.com/settings/ads/).
Subyekt, shuningdek, quyidagi saytlarga tashrif buyurib, muayyan reklamalar (xatti-harakatlar reklamasi) va ularni rad etish haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishi mumkin: Digital Advertising Alliance-US, Network Advertising Initiative, Digital Advertising Alliance-Canada, European Interactive Digital Advertising Alliance, www.aboutcookies.org. www.allaboutcookies.org yoki mobil ilovalar uchun Subyekt qurilmasi sozlamalari. Subyekt shuningdek, Google Display Network-da reklama sozlamalarini o'zgartirishi yoki ularni quyidagi manzilda rad etishi mumkin: http://www.google.com/settings/ads/.



5.5. Agar Subyekt yuqorida ta’riflangan "cookies" fayllaridan foydalanishning ayrim turlariga rozi bo'lmasa, Subyekt brauzerining sozlamalaridan foydalanishi yoki Saytdan foydalanmasligi mumkin. Agar Subyekt brauzer sozlamalari orqali "cookies" fayllaridan foydalanishni rad etishga qaror qilsa, Subyekt hali ham Saytdan foydalanishi mumkin, garchi Saytning ayrim funksiyalari va veb-sahifalariga kirish cheklangan bo'lishi mumkin. Subyekt Kompaniya tomonidan "cookies" fayllarini brauzer boshqaruvlari orqali to'plashdan bosh tortishi mumkin bo'lgan vositalar brauzerga qarab farq qilishi tufayli, qo'shimcha ma'lumot olish uchun Subyekt u tomonidan ishlatiladigan brauzerning ma’lumotnoma menyusiga murojaat qilishi kerak.

5.5.1. Google Chrome brauzeridagi "cookies" fayl sozlamalarini qanday o'zgartirish haqida ma'lumot quyidagi resursda mavjud:
https://support.google.com/chrome/answer/95647?hl=en
5.5.2. Microsoft Internet Explorer brauzeridagi "cookies" fayl sozlamalarini qanday o'zgartirish haqida ma'lumot quyidagi resursda mavjud:
https://support.microsoft.com/en-us/help/278835/how-to-delete-cookie-files-in-internet-explorer
5.5.3. Mozilla Firefox brauzeridagi "cookies" fayl sozlamalarini qanday o'zgartirish haqida ma'lumot quyidagi resursda mavjud:
https://support.mozilla.org/en-US/kb/delete-cookies-remove-info-websites-stored
5.5.4. Apple Safari brauzerida "cookies" sozlamalarini qanday o'zgartirish haqida ma'lumot quyidagi resursda mavjud:
https://support.apple.com/guide/safari/manage-cookies-and-website-data-sfri11471/mac
5.5.5. Boshqa brauzerlar va qurilma turlari haqida ma'lumot quyidagi saytda mavjud: https://www.aboutcookies.org/.
5.6. Subyekt shuni hisobga olishi kerakki, hozirgi vaqtda Saytlar brauzerning "Kuzatilmasin" signallarini qayta ishlashga sozlanmagan.
5.7. "Cookies" fayllaridan foydalanish bo'yicha Kompaniyaga savollar berish uchun Subyekt info@itpu.uz elektron pochta orqali xabar yuborishi mumkin.
5.8. Saytda joylashtirilgan "Internet" tarmog'idagi ijtimoiy tarmoqlar/resurslarga kirish tugmalari Subyektlar bunday ijtimoiy tarmoqlar/resurslar orqali Saytga kirishlari uchun ishlatiladi. Ushbu tugmalar uchinchi shaxslarga tegishli bo'lgan ijtimoiy tarmoq veb-saytlariga havolalar bo'lib, ular o'z navbatida "Internet" tarmog'ida, shu jumladan ushbu veb-saytda Subyektlarning faolligi to'g'risidagi ma'lumotni qayd etishlari mumkin. Subyektlarga bunday saytlar Subyektlarning shaxsiy va boshqa ma'lumotlaridan qanday foydalanishlarini tushunishi va ular Subyektlarning shaxsiy ma’lumotlaridan va boshqa ma’lumotlaridan foydalanishini rad etish yoki ularni o‘chirib tashlash uchun bunday saytlardan foydalanishning tegishli shartlari va Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Kompaniya ushbu resurslarda qabul qilingan ma'lumotlarni qayta ishlash va axborotni himoya qilish qoidalari yoki siyosati uchun javobgar emas.


6) Amal qilish muddati.
Ushbu rozilik men taqdim etgan paytdan boshlab va men Saytdan foydalanayotgan muddat davomida, Kompaniya va/yoki EPAM kompaniyalar guruhidagi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan dasturlar bo'yicha o'qishim, shuningdek, Kompaniya tomonidan men bilan/men taqdim etgan tashkilot bilan hamkorlik masalasini ko'rib chiqish muddati davomida mazkur rozilik chaqirib olingunga qadar amal qiladi, agar ma’lumotlarni qayta ishlashga boshqa qonuniy asoslar bo‘lmasa. Ushbu davr mobaynida Kompaniya, Rozilikda ko'rsatilgan boshqa shaxslar ushbu rozilikda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlash, shu jumladan saqlash huquqiga ega. Ushbu muddat tugagandan so‘ng Kompaniya, mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlarda, shu jumladan, arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilikka, soliq qonunchiligiga va buxgalteriya hisobi, statistik hisob to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan muddatlar chegarasida ushbu Rozilikda ko‘rsatilgan mening shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga, jumladan, saqlashga haqli.


7) Rozilikni chaqirib olish tartibi.
Bilamanki, ushbu rozilik istalgan vaqtda Kompaniyaga Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Tepamasjid ko'chasi, 4 uy, 100164 manzili yoki info@itpu.uzelektron pochta manzili bo‘yicha buyurtma xat bilan yuborilgan yoki shaxsan yuborilgan yozma bildirishnoma orqali chaqirib olinishi mumkin:.
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik chaqirib olingan taqdirda, men Saytdan foydalanishni to'xtatish yoki faqat "cookies" fayllarini qayta ishlash bo'yicha rozilik chaqirib olinganda, brauzer sozlamalaridagi "cookies" fayllarini o'chirib qo'yish kerakligi haqida xabardorman.
Saytda ro'yxatdan o'tmagan shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari (shu jumladan, lekin "Internet" tarmog'idagi ijtimoiy tarmoq/resursdagi familiyasi, ismi, elektron pochta manzili, telefoni (mobil), tarmoq identifikatori (ID) bilan cheklanmagan holda) men tomonimdan taqdim etilgan holatda, men ushbu shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari Kompaniya tomonidan mazkur Rozilikda ko‘rsatilgan maqsadlar va shartlarda ishlov berilishiga oldindan roziligini olganligimni tasdiqlayman.