Ольга Лукашова
07.09.2022

IT Park University hujjatlarni 22-sentabrgacha qabul qiladi

ITPU_news (1).png


ITPU_news (1).png



IT Park University hujjatlarni 22-sentabrgacha qabul qiladi va 2023-yil fevraldan birinchi bosqichga kirish uchun tayyorgarlik semestrini boshlaydi. Kuzgi semestr uchun hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 22-sentabrgacha davom etadi. Tayyorgarlik dasturi ingliz tilini bilish darajasi kirish va muvaffaqiyatli o‘qish uchun yetarli bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan. Dasturni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar 2023-yil fevral oyida IT Park Universiteti’ga imtihonsiz qabul qilinadi.

IT Park universiteti prezident topshirig‘i asosida ITPU Foundation Studiyes’ga qabulni boshladi. Bu bo‘lajak talabalarga ingliz tilini bilish darajasini oshirishga yordam beradigan, shuningdek, ularni muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydigan tayyorgarlik semestridir. Dastur akademik ingliz tili, matematika, IT asoslari, shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.

Oliy o‘quv yurtining “Ochiq eshiklar” kunida universitet direktori Bahodir Ayupov kursni tashkil etishdan maqsad haqida gapirdi.

Kurs g‘ayrat va shijoatli, ammo kam tayyorgarlik ko‘rgan abituriyentlar uchun tashkil etilgan. Agar sizning ingliz tilini bilish darajangiz IT Park Universitetiga kirish uchun hali yetarli bo‘lmasa va siz o‘qishga kirish imkoniyatini bir yilga yo‘qotishni istamasangiz, unda universitetgacha bo‘lgan kurs– ITPU Foundation Studiyes’ga yoziling. Ta’lim onlayn formatda bo‘lib o‘tadi va kelgusi yilning fevral oyida siz universitetning to‘laqonli talabasi bo‘lishingiz va talabgir hamda yuqori maoshli IT mutaxassisligini olishni boshlashingiz mumkin.

Talaba til darajasining A2 (asosiy)dan B1 (o‘rta) darajaga ko‘tarishi universitetga kirishni kafolatlaydi. O‘qitish ingliz tiliga bosqichma-bosqich o‘tish bilan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

ITPU Foundation Studiyes’ga hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 22-sentabrgacha davom etadi. Kursning davomiyligi 4,5 oydan iborat. Qiymati esa 5 million 600 ming so‘m. IT Park Universitetining bo‘lajak talabalari uchun 710 ming so‘m chegirma amal qiladi. Shundan kelib chiqib, belgilangan sanadan oldin hujjat topshirgan abituriyentlar uchun universitetgacha bo‘lgan kurs uchun o‘qish narxi 4 million 890 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, 2022-yil 22-sentabrgacha ITPU Universitetiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda:

  • Web Developer;

  • Networks Engineer;

  • Software Tester;

  • Backend Developer (Java);

  • Mobile Developer (Android);

  • Front End Developer;

  • QA Engineer;

  • Big Data Engineer;

  • Cyber Security.

ITPU Universiteti IT Park va dasturiy ta’minot ishlab chiqishda dunyoning yetakchilaridan biri bo‘lgan – EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha 20 yillik tajribasiga asoslanib, EPAM ta’lim dasturlari dunyoning o‘nlab mamlakatlarida muvaffaqiyatli joriy etildi va AQSH, Litva, Ukraina litsensiyalariga ega bo‘ldi. Va nihoyat, EPAM endi O‘zbekistonda ham universitetini ishga tushirdi.

IT Park Universitetida o‘qish bir qator muqobil ta’lim muassasalariga qaraganda ancha arzon. Yillik shartnoma qiymati 9 million so‘mdan boshlanadi va darslar EPAM xalqaro kompaniyasi jamoalarining amaliyotchi muhandislari tomonidan olib boriladi. Muvaffaqiyatli natijalar ko‘rsatgan talabalar EPAM va boshqa IT Park rezident kompaniyalarida amaliyot va ish bilan ta’minlanadi. Talabalar, xohishlariga binoan, EPAM oliy ta’lim dasturlari joriy qilingan har qanday mamlakatda o‘qishni davom ettirish, shuningdek, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan xalqaro kompaniyaning jamoalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishlari rejalashtirilgan.

3 yillik o‘qishni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar davlat tomonidan berilgan bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘ladi. ITPU diplomi bizning bitiruvchilarimiz murakkab IT muammolarini hal qilishda amaliy ko‘nikmalarga ega ekanini va xalqaro loyihalarda ishlashga tayyorligini tasdiqlaydi.

IT Park Universitetida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari mavjud. Masalan, xotin-qizlarga prezidentning 07.18.2022-yildagi 323-sonli qarori asosida foizsiz ta’lim krediti hisobidan o‘qish imkoniyati beriladi.

IT Park Universiteti va ITPU Foundation Studiyes’ga kirish haqida batafsil ma’lumotni quyidagi raqamga murojaat qilish orqali olishingiz mumkin: +998 55 503 99 99

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Polish Program Internship in Europe_1_1100x609_ru (1).png

Polshada amaliyot dasturi

IT Park universiteti jamoasi Polshadagi EPAM ofisi bilan hamkorlikda Yevropada amaliyot o‘tash uchun grant yutib olgan birinchi kurs talabalariga dastur ishlab chiqishdi. Reja talabalar IT’da ishlash haqida ko'proq ma'lumot olishlari va amaliy k...
Sardor Rajabov
Lithuanian Program Internship in Europe_1_1100x609_ru (1) (1).png

Litvada amaliyot dasturi

IT Park University jamoasi Litvadagi EPAM ofisi bilan hamkorlikda Yevropada amaliyot oʻtash uchun grant yutib olgan birinchi kurs talabalariga dastur ishlab chiqishdi. Birinchi navbatda, talabalar EPAMʼda ishlash haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻla...
Sardor Rajabov
ITPU first Chat GPT_1100x609_uz.png

ITPU - ta’limda sun’iy intellektni tatbiq qilayotgan O’zbekistondagi birinchi universitet

ITPU universiteti ta’lim dasturida ChatGPT asosida sun’iy intellektdan foydalanish joriy qilinmoqda. Ushbu ilg'or texnologiya o'quv jarayonini yaxshilaydi, uni yanada qiziqarli, moslashtirilgan va samarali bo’lishiga yordam beradi. Mana bu hoz...
Sardor Rajabov
Web UZ (1).png

2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

IT Park University’ning 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasiga start berildi. 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish ...