Sardor Rajabov
17.08.2023

Orzudan taklifgacha

WebPage_Main_1100x609_UZ.png

WebPage_Main_1100x609_UZ.png

AQSh va Yevropaning yirik texnologiya kompaniyalarida ishlash ko‘pchilikning orzusi. Sanoat gigantlari ulkan rejalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi, ammo tegishli tayyorgarlik, bilim va tajribani ham talab etishadi. Ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig’iga binoan tashkil etilgan, IT Park University’da (ITPU) olish mumkin.

Bohodir Ayupov, IT Park University bosh direktori:

— Zamonaviy dunyo — bu cheksiz imkoniyatlar va innovatsiyalar dunyosi. Agar sizda ilhom va motivatsiya bo‘lsa, dunyoning qaysi nuqtasida yashashingizdan qat’i nazar, istagan mamlakatingizda karyera qilishga qodirsiz. IT Park University - bu AQSH va Yevropaning yirik texnologiya kompaniyalarini orzu qiladiganlar maskani. Aynan shu yerda trendlar paydo bo‘ladi va texnologiyalar yaratiladi. Bizning amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvimiz ITPU bitiruvchilariga eng nufuzli xorijiy kompaniyalar eshiklarini ochish uchun mo‘ljallangan.

ITPU bitiruvchilari mehnat bozorida bir qator ustunliklarga ega: real keyslarga ega portfolio, xalqaro jamoalarda ish tajribasi, shu sohadagi ilg‘or yechimlar va texnologiyalar bo‘yicha bilimlar. Universitet bunga o‘quv jarayonining 3 ta elementi orqali erishadi.

  • EPAM software-muhandislari bilan o‘zaro aloqa: talabalar loyihasida tajribali murabbiy

IT Park University IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Uning muhandislari va ishlab chiquvchilari Forbes Global 2000 ro‘yxatidagi mijozlarning topshiriqlari ustida ishlashadi.

IT Park University talabalarining loyihalari kompaniyaning amaldagi software-muhandislari tomonidan nazorat qilinadi. Ular bilimlari bilan bo‘lishishadi, samarali ish usullarini taklif qilishadi, bo‘shliqlarni aniqlashga va ularni to‘ldirishga yordam berishadi. Tajribali o‘qituvchi bilan ishlash talabalarning mahoratlarini keskin o‘sishini ta’minlaydi.

  • Birinchi kursdan amaliyot: EPAM’ning Yevropa va Amerika ofislarida ishlash

Amaliyotlar nazariy bazani mustahkamlaydi va topshiriqlar ustida xalqaro jamoada ishlash bo‘yicha ilk tajribani beradi. Bu yil ular Litva va Polshada bo‘lib o‘tdi. Vorkshop va seminarlarda EPAM xodimlari boshlovchi sifatida chiqishdi.

Yuqori kurslarda talabalar amaliyot davomida EPAM’ning Yevropa va Amerika ofislarining amaldagi loyihalariga jalb etiladilar. Bu ularga zamonaviy tendensiyalarni o‘rganish, ilg‘or texnologiyalar va ish uslublarini o‘zlashtirish, real keyslardan portfolio shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek, xorijiy amaliyot IT sanoatida manfaatli aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Yozgi amaliyot mobaynida EPAM jamoasi bilan yaxshi ishlab, talaba o‘qishni tugatgandan so‘ng uning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi mumkin. Ayni paytda kompaniyaning global veb-saytida 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Ularning katta qismi masofadan ishlashni taklif qiladi, shunday ekan, muvaffaqiyatli xalqaro IT karyerasini qurish uchun hech qanday geografik cheklov yo‘q.

  • Yozgi amaliyotlar: jahon ekspertlari dasturlari bo‘yicha o‘qish

O‘zbekiston EPAM School of Digital Engineering (ESDE) loyihasining ishtirokchi-davlatlari qatoriga kiradi. Ushbu dastur bilimlarni chuqurlashtirish va mashg‘ulotlarda olingan nazariy bazani to‘ldiradigan amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Tajribali muhandislar va loyiha menejerlari o‘zgacha vazifalar yechimini izlashni o‘rgatishadi va real keyslar misolida ta’lim berishadi. Shunday qilib, ITPU talabalari diplom olganlaridan so‘ng, mehnat bozoriga malakali mutaxassis sifatida kirib boradilar. Ular mahsulotlarni qanday yaratishni va jamoa bilan muloqot qilishni biladilar.

Benjamin Bederson, ITPU rektori, kompyuter fanlari doktori va Merilend universiteti (UMD) professori:

— Hozirda faoliyatimning asosiy yo‘nalishlaridan biri - EPAM School of Digital Engineering’ni rivojlantirishdir,  jumladan, IT Park University’da. Men ushbu loyihaga IT mutaxassislari uchun onlayn ta’limdagi o‘z bilim va tajribamni maksimal darajada sarflamoqdaman. Ishonchim komilki, bizning amaliyotga asoslangan yondashuvimiz zamonaviy talaba uchun eng kerakli narsa.

Biz e’tiborimizni IT-mutaxassis uchun hozir va shu yerning o‘zidayoq aktual bo‘lgan, yangi ish usullari va amaliy bilimlarga qaratganmiz. Talabalarimiz safiga masofadan turib qo‘shilishadi, O‘zbekiston Respublikasi hududida esa shunga o‘xshash o‘quv jarayonini qurishga yondashuvlar yo‘q.

ESDE uchun dasturlar ishlab chiqishga Garvard universiteti bitiruvchisi, ta’lim psixologiyasi va o‘quv tahlili bo‘yicha doktorlik darajasiga ega Sandra Loklin rahbarlik qiladi. Bu yozda ITPU talabalari ESDE Summer Camp 2023 doirasida vorkshoplar va murabbiylik sessiyalarida qatnashdilar, kurs ishi loyihalarini bajardilar, ilovalar ishlab chiqdilar va jamoalarda ishladilar.

ASOSIYSI

ITPU iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi, universitetda davlat grantlari mavjud. Bu yil eng yaxshi 20 nafar abituriyentga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, 3 yillik ta’limni 100% qoplaydigan grantlar ajratiladi. Asosiysi, arizalarni 21 avgustgacha topshirish. Shuningdek, biz ta'lim uchun moliyaviy yordam olish usullari haqida maqolani taqdim etamiz.

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web_1100x609_UZ (1).png

Qanday qilib 11-sinfdayoq IT yo‘nalishi bo‘yicha universitetga kafolatli kirish

IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kirish imkoniyatini beruvchi onlayn tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini talab etiladigan darajagac...
Sardor Rajabov
ChatGPT_1100x609_UZ.png

Keys: qanday qilib IT Park University birinchi kurs talabasi abituriyentlar savollariga tezkor javoblar beruvchi SI’ga asoslangan bot yaratdi

Abituriyentlarning savollariga javob beruvchi bot, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinga taqdim etildi, hozirda esa universitetning Telegram botiga joriy etilmoqda. Talaba modelni qanday o‘qitgani va tokenlar sarflanishini optimallashtirgani haqida ma...
Sardor Rajabov
Student Festival_1100x609_UZ.png

Barchani ITPU talabalar festivaliga taklif qilamiz

Festivalda birinchi kurs talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari universitetning talabalik hayoti va IT olami bilan bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari: – Universitet rahbariyati va xodimlari; – Joriy ...
Sardor Rajabov
Grants Winners_1100x609_UZ.png

Davlat granti sohiblarini tabriklaymiz

Kirish imtihonlari natijalariga binoan 20 nafar abituriyent davlat grantining baxtli sohiblariga aylanishdi. G‘oliblar ID’si: 7683 5959 7414 8006 7060 8145 9426 9483 6625 4976 5015 9032 6807 8849 6986 5126 7139 6556 5382 6917 ...