Sardor Rajabov
16.08.2023

Ta'lim uchun moliyaviy yordamni qanday olish mumkin?

Finance Support_1100x609_UZ.png

Finance Support_1100x609_UZ.png

Universitetda o’qish uchun kreditlarni bankdan olish mumkin. Ular oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

ITPU’da o‘qish uchun imtiyozli ta’lim krediti olishning oddiy bosqichlari, Orient Finance Bank misolida:
1. Pasport/id va ITPU’da toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt) bilan bankka borish;
2. O’zi bilan birga kafilni pasporti/id bilan olib kelish. Kafilning rasmiy daromadi oyiga 2 500 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak;
3. Ta’lim kreditini olish uchun bankda ariza to‘ldirish;
4. 3 ish kuni ichida bankdan javob olish.

Ta’lim kreditlari 10 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi.

Banklarda imtiyozli ta’lim krediti olish shartlari quyida keltirilgan*:

1. Orient Finance Bank
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: O’qish davri + 90 oy
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: Mavjud
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://ofb.uz/credits/student-loan/

2. NBU
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: 162 oygacha
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: Kuzda
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://nbu.uz/physical/credits/lgotny...yy-kredit/

3. SQB
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: O’qish davri + 90 oy
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: kuzda
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://sqb.uz/individuals/credits/edu...credit-ru/

4. Xalq Banki
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: O’qish davri + 90 oy
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: Avgust oxiri/sentyabr boshi
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://xb.uz/ru/page/talim-krediti/

5. QQB
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: O’qish davri + 90 oy
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: Vaqtinchalik to’xtatilgan
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://qishloqqurilishbank.uz/ru/cred...ts/show/22

6. MKBank
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: 15 yilgacha
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: Vaqtinchalik to’xtatilgan
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://mkbank.uz/ru/private/crediting...tion-loan/

7. Asaka Bank
Kreditning maksimal miqdori: Shartnomada keltirilgan miqdorda
Kreditning maksimal muddati: O’qish davri + 90 oy
Maksimal imtiyozli davri: O’qish muddati + 6 oy
Foiz stavkasi*: 14%
Mavjud: Vaqtinchalik to’xtatilgan
Kredit ta’minoti: Mol-mulkni garovga qo’yish, Kafillik, Sug’urta siyosati
Batafsil ma'lumot: https://asakabank.uz/ru/physical-perso...its/list/8

Ayollarga yillik 14% ta’lim krediti, hamda kredit bo‘yicha foiz to‘lovlari Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi, qolgan talabalar uchun esa O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi doirasida kredit taqdim etiladi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi va foiz to‘lovlari miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishga qarab o‘zgarishi mumkin.

Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha foiz to‘lovlari summasining 50 foizi Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Buning uchun, yashash joyidagi aholi bandligiga ko'maklashish bo'yicha tuman markaziga murojaat qilish kerak.

Ta'lim kreditlari, odatda, qarz oluvchining (talaba, ota-ona yoki vasiyning) yashash joyidagi bank filiallari tomonidan beriladi.

*Yuqorida keltirilgan barcha shartlar 2023-yil 16-avgust holatiga ko‘ra amal qiladi. Amaldagi shartlar bo’yicha bankning rasmiy vakillariga murojaat qiling.

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web_1100x609_UZ (1).png

Qanday qilib 11-sinfdayoq IT yo‘nalishi bo‘yicha universitetga kafolatli kirish

IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kirish imkoniyatini beruvchi onlayn tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini talab etiladigan darajagac...
Sardor Rajabov
ChatGPT_1100x609_UZ.png

Keys: qanday qilib IT Park University birinchi kurs talabasi abituriyentlar savollariga tezkor javoblar beruvchi SI’ga asoslangan bot yaratdi

Abituriyentlarning savollariga javob beruvchi bot, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinga taqdim etildi, hozirda esa universitetning Telegram botiga joriy etilmoqda. Talaba modelni qanday o‘qitgani va tokenlar sarflanishini optimallashtirgani haqida ma...
Sardor Rajabov
Student Festival_1100x609_UZ.png

Barchani ITPU talabalar festivaliga taklif qilamiz

Festivalda birinchi kurs talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari universitetning talabalik hayoti va IT olami bilan bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari: – Universitet rahbariyati va xodimlari; – Joriy ...
Sardor Rajabov
Grants Winners_1100x609_UZ.png

Davlat granti sohiblarini tabriklaymiz

Kirish imtihonlari natijalariga binoan 20 nafar abituriyent davlat grantining baxtli sohiblariga aylanishdi. G‘oliblar ID’si: 7683 5959 7414 8006 7060 8145 9426 9483 6625 4976 5015 9032 6807 8849 6986 5126 7139 6556 5382 6917 ...