Qanday qilib ITPU’da davlat grantining baxtli sohibiga aylanish mumkin?
2023/2024 oʻquv yilida oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun jami 20 ta grantli oʻrin ajratilgan.
Grant tanlovida ishtirok etish uchun talablar:
IT Park universitetiga kirish uchun ariza topshirish.
25-avgustga qadar ingliz tili va matematika fanlari bo’yicha kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish*.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirish**.
Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari bo’yicha 20 ta eng yaxshi abituriyent qatoriga kirish.
Tanlovda qatnashish uchun ariza to’ldirishning so’nggi muddati - 25-avgust 2023-yil.
Agar, kirish imtihonlari natijalari bo’yicha bir nechta nomzodlarda teng ball bo’lsa, ular orasida g'olibni aniqlash uchun tanlovning qo'shimcha bosqichi tashkil etiladi.
Kirish imtihonlari uchun slotlar soni cheklangan. Mavjud slotlar haqida ma'lumotni qabul komissiyasining shaxsiy kabinetidan olish mumkin.
*Agar sizda IELTS sertifikati boʻlsa, ingliz tilidan kirish imtihonidan ozod boʻlasiz.
**Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan so‘ng, ariza havolasini shaxsiy kabinetingiz va my.itpu.uz saytidan olish imkoni mavjud bo‘ladi.
Barcha savollar bo’yicha quyidagi raqamga murojaat qiling: +998555039999
Ulashish...