Sardor Rajabov
28.07.2023

Diskleymer: ITPU Assistant javoblari

ITPU Assistant_1100x609 (1) (1).png


ITPU Assistant_1100x609 (1) (1).png

IT Park University (keyingi oʻrinlarda “Universitet” deb yuritiladi) Telegram botda “ITPU Assistant” deb nomlangan yordamchi koʻrinishidagi qoʻshimcha funksiyani taqdim etadi, u abituriyentlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javob berish uchun sunʼiy intellektdan (SI) foydalanadi. Iltimos, ushbu hujjatni diqqat bilan oʻqing, chunki u javobgarlik  va ushbu funksiyadan foydalanish haqida muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

1. Foydalanish va cheklovlar: ITPU Assistant universitetning faqat joriy yilgi (2023) FAQ asosida, abituriyentlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javob berish uchun moʻljallangan. Yordamchi FAQ doirasidan tashqaridagi savollarni tahlil qilish qobiliyatiga ega emas va Universitet haqida eng soʻnggi yoki keng qamrovli maʼlumot manbai deb hisoblanmasligi kerak.

2. Sunʼiy intellekt: ITPU Assistant OpenAIʼning GPT-3.5 modeli kabi, sunʼiy intellektning ilgʻor algoritmlari bilan ishlaydi. Iltimos, yordamchi oldindan tayyorlangan maʼlumotlardan foydalanishini yodingizda tuting. ITPU Assistant kontekstni eslab qolmaydi va har bir savol toʻliq  boʻlishi kerak.

3. Javobgarlikni inkor etish: ITPU Assistant tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning aniqligini, dolzarbligini yoki toʻgʻriligiga kafolat bermaydi. Yordamchi tomonidan taqdim etilgan barcha maʼlumotlar faqat umumiy maʼlumot uchun moʻljallangan va Universitet haqidagi rasmiy maʼlumot manbai sifatida koʻrilmasligi kerak.

4. Javoblarning toʻgʻriligi: Aytib oʻtish muhimki, sunʼiy intellekt har doim ham savollarga javob berishda toʻliq aniqlikni taʼminlay olmaydi. Yordamchi xato qilishi, yoki noaniq maʼlumot berishi mumkin, ayniqsa savol jargonlardan foydalanilgan holda berilgan boʻlsa. Foydalanuvchilar har doim ITPU yordamchisidan olingan muhim maʼlumotlarni universitetning rasmiy manbalari bilan tekshirishlari lozim.

5. Javobgarlikning cheklanishi: ITPU Assistantʼdan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday zararlar, shu jumladan, boy berilgan imkoniyatlar, maʼlumotlarning yoʻqolishi yoki yordamchining noaniq javoblari natijasida vujudga kelgan moliyaviy yoʻqotishlar uchun Universitet javobgar emas.

6. Murojaat uchun maʼlumotlar: Agar sizda aniq va rasmiy javoblarni talab qiladigan savollar vujudga kelgan boʻlsa, yoki Universitet haqida qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiling: +998555039999

Eslatma: ITPU Assistant abituriyentlar bilan muloqotni yaxshilash uchun moʻljallangan, ammo Universitet vakillari bilan rasmiy muloqot oʻrnini bosmaydi.

Hurmat bilan,

ITPU jamoas

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web_1100x609_UZ (1).png

Qanday qilib 11-sinfdayoq IT yo‘nalishi bo‘yicha universitetga kafolatli kirish

IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kirish imkoniyatini beruvchi onlayn tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini talab etiladigan darajagac...
Sardor Rajabov
ChatGPT_1100x609_UZ.png

Keys: qanday qilib IT Park University birinchi kurs talabasi abituriyentlar savollariga tezkor javoblar beruvchi SI’ga asoslangan bot yaratdi

Abituriyentlarning savollariga javob beruvchi bot, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinga taqdim etildi, hozirda esa universitetning Telegram botiga joriy etilmoqda. Talaba modelni qanday o‘qitgani va tokenlar sarflanishini optimallashtirgani haqida ma...
Sardor Rajabov
Student Festival_1100x609_UZ.png

Barchani ITPU talabalar festivaliga taklif qilamiz

Festivalda birinchi kurs talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari universitetning talabalik hayoti va IT olami bilan bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari: – Universitet rahbariyati va xodimlari; – Joriy ...
Sardor Rajabov
Grants Winners_1100x609_UZ.png

Davlat granti sohiblarini tabriklaymiz

Kirish imtihonlari natijalariga binoan 20 nafar abituriyent davlat grantining baxtli sohiblariga aylanishdi. G‘oliblar ID’si: 7683 5959 7414 8006 7060 8145 9426 9483 6625 4976 5015 9032 6807 8849 6986 5126 7139 6556 5382 6917 ...