Sardor Rajabov
16.06.2023

EPAM korxonalarni sunʼiy intellekt kuchi bilan modernizatsiya va transformatsiya qilishga yordam berish uchun Google Cloud bilan strategik global hamkorlik haqida eʼlon qildi

Partnership with Google Cloud_1100x609_UZ.png


Partnership with Google Cloud_1100x609_UZ.png


Mijozlarga ularning sunʼiy intellektga asoslangan biznesga aylanishlarini tezlashtirishga yordam berish uchun, kengaytirilgan hamkorlik AI/ML va maʼlumotlar yechimlarini ishlab chiqishni tezlashtiradi.

NEWTOWN, Pensilvaniya, 15-iyun, 2023-yil.

Raqamli transformatsiya xizmatlari va mahsulot muhandisligi boʻyicha yetakchi kompaniya boʻlgan EPAM Systems bugun Google Cloud bilan sunʼiy texnologiyalarni ishlab chiqish va qo’llash uchun strategik, global hamkorlikni eʼlon qildi. Sun’iy Intelekt – korxonalarga operatsion qiyinchiliklarni yengib o‘tish va transformatsion o‘sishni kuchaytirishga yordam beradigan birinchi Google Cloud yechimdir.

Ushbu hamkorlik orqali EPAM o’zining global bulutli muhandislik va integratsiya xizmatlarini kengaytiradi va Google Cloud AI yechimlari, shu bilan birga Vertex AI, Generative AI App Builder, Model Garden va boshqalar atrofida maqsadli vertikal yechimlar va boshqariladigan xizmatlarni joriy qiladi.

“Biz mijozlarimizga sun’iy intellekt imkoniyatlarini yetkazish uchun Google Cloud bilan hamkorlikni kengaytirishdan mamnunmiz”, dedi Elaina Shexter, EPAM’ning marketing va strategiya bo‘yicha bosh direktori. "Bugungi texnologik o'zgarishlar raqamli va bulutli-mahalliy ishlanmalar asosida qurilgan, biz Google bilan ularning ko'pchiligining ustida 2000-yillarning o'rtalaridan beri ishlaymiz. Sun’iy Intelekt bilan yanada kengroq miqyosdagi muvaffaqiyatga erishishida EPAM’ning sanoatda yetakchi maʼlumotlar fanlari va ML (mashinani o’rganish) imkoniyatlarining yangi toʻlqini ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uzoq yillik hamkorligimizni mustahkamlash orqali, biz mijozlarimizga tez oʻzgaruvchan raqamli landshaftda raqobatchilardan oldinda boʻlishga yordam beramiz”.

Global sun'iy intellekt bozori o'sib borishi va qabul qilinishining kengayishi bilan barcha sanoat sohalarida sun'iy intellekt, mashinani o'rganish (ML) va ilg'or muhandislikka bo’lgan talab ham eksponent ravishda o’sib bormoqda. Bu hamkorlik Forbes Global 2000 uchun Google Cloud’ning ilg‘or sun’iy intellekt va ML imkoniyatlaridan, EPAM’ning platformasi va ma’lumotlar muhandisligi DNKsidan hamda bulutga asoslangan innovatsion AI, ma’lumotlarni modernizatsiya qilish, migratsiya, ma’lumotlar va tahliliy yechimlarni Forbes Global 100’ga taqdim etish uchun qariyb 30 yillik muhandislik, konsalting va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish tajribasidan foydalanadi.

"Generativ Sun’iy Intelekt biznes jarayonlarini soddalashtirishi va hatto sanoatlarni o'zgartirish imkoniyatiga ega", dedi Maykl Klark, Google Cloud Shimoliy Amerika mintaqalari vitse-prezidenti. “Google Cloud’ning generativ sun’iy intellekt imkoniyatlarini EPAM’ning muhandislik tajribasi bilan birlashtirib, biz mijozlarga bulut-birinchi texnologiyalar va generativ sun’iy intellektdan raqamli transformatsiya katalizatori sifatida foydalanishda, biznes qiymatini tezda ro‘yobga chiqarishda, real dunyodagi foydalanish keyslarini ko‘rib chiqishda va tarmoqlar bo‘ylab biznes o‘sishini qo’llab quvvatlashda yordam beramiz. "

EPAM va Google Cloud 15 yillik global 360 darajali hamkorlikka ega boʻlib, u EPAMning muhandislik DNKsi, strategik konsalting va oʻsib borayotgan sanoatga yoʻnaltirilgan texnologik yechimlarni Google Cloud infratuzilmasi, AI/ML, generativ AI va analitik texnologiyalar bilan birlashtiradi. Ushbu hamkorlikning uzoq yillik a’zolariga e'tibor qaratishda davom etib, EPAM va Google Cloud tashkilotlarga moliyaviy xizmatlar, iste'molchi mahsulotlari, telekommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari, ko'ngilochar, sog'liqni saqlash, hayot, ilm-fan, energetika va o'z bizneslarini modernizatsiya qilish va o'zgartirish uchun yuqori texnologiyalar kabi asosiy yo’nalishlarda yordam beruvchi sun'iy intellekt asosidagi yechimlarni yaratish va yetkazib berish bo'yicha hamkorlikni kengaytiradi.

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web_1100x609_UZ (1).png

Qanday qilib 11-sinfdayoq IT yo‘nalishi bo‘yicha universitetga kafolatli kirish

IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kirish imkoniyatini beruvchi onlayn tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini talab etiladigan darajagac...
Sardor Rajabov
ChatGPT_1100x609_UZ.png

Keys: qanday qilib IT Park University birinchi kurs talabasi abituriyentlar savollariga tezkor javoblar beruvchi SI’ga asoslangan bot yaratdi

Abituriyentlarning savollariga javob beruvchi bot, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinga taqdim etildi, hozirda esa universitetning Telegram botiga joriy etilmoqda. Talaba modelni qanday o‘qitgani va tokenlar sarflanishini optimallashtirgani haqida ma...
Sardor Rajabov
Student Festival_1100x609_UZ.png

Barchani ITPU talabalar festivaliga taklif qilamiz

Festivalda birinchi kurs talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari universitetning talabalik hayoti va IT olami bilan bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari: – Universitet rahbariyati va xodimlari; – Joriy ...
Sardor Rajabov
Grants Winners_1100x609_UZ.png

Davlat granti sohiblarini tabriklaymiz

Kirish imtihonlari natijalariga binoan 20 nafar abituriyent davlat grantining baxtli sohiblariga aylanishdi. G‘oliblar ID’si: 7683 5959 7414 8006 7060 8145 9426 9483 6625 4976 5015 9032 6807 8849 6986 5126 7139 6556 5382 6917 ...