Polshada amaliyot dasturi
IT Park universiteti jamoasi Polshadagi EPAM ofisi bilan hamkorlikda Yevropada amaliyot o‘tash uchun grant yutib olgan birinchi kurs talabalariga dastur ishlab chiqishdi. Reja talabalar IT’da ishlash haqida ko'proq ma'lumot olishlari va amaliy ko'nikmalarini oshirishlari uchun maxsus tuzilgan.
Birinchi kun EPAM ofisi va xodimlari bilan tanishish uxchun mo’ljallangan. Amaliyotchilarga ish jarayonlari qanday tashkil etilgani, hozirda qanday qiziqarli loyihalar ishlab chiqilayotgani, VR va 3D bosib chiqarish texnologiyalaridan kompaniyada qanday foydalanilayotgani haqida aytib, ko‘rsatib berishadi.
Asosiy dastur hard va soft skillarni yaxshilash uchun yordam beradigan tadbirlarga qaratilgan:
To'rtta workshop (biznes tahlili, SQL ma'lumotlar bazalari, Java va fayllar tizimi bo'yicha);
Python’da dasturlash, qo’lda test o’tkazish va avtomatik testlar bo'yicha amaliy mashg'ulotlar;
Trening Agile .
Bundan tashqari, talabalarda shaharning diqqatga sazovor joylari va mahalliy ta'lim tizimi bilan tanishishlari uchun ham vaqt bo’ladi. Ular uchun Krakov markazi, universitet kampusi va kompyuter fanlari instituti bo’ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, amaliyot 24-apreldan 1-mayga qadar bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar maxsus komissiya tomonidan akademik yutuqlari va motivatsion videorolik asosida tanlab olinganlar. Jami sakkiz nafar g‘olib bo’lib, to‘rt nafar talaba Litvaga, qolganlari Polshaga yo’l oladilar. Amaliyot dasturi toʻliq IT Park University tomonidan qoplanadi.
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo’lish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring.
Barcha savollar bo'yicha quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling: +998555039999
Ulashish...