Sardor Rajabov
17.04.2023

ITPU - ta’limda sun’iy intellektni tatbiq qilayotgan O’zbekistondagi birinchi universitet

ITPU first Chat GPT_1100x609_uz.png


ITPU first Chat GPT_1100x609_uz.png

ITPU universiteti ta’lim dasturida ChatGPT asosida sun’iy intellektdan foydalanish joriy qilinmoqda. Ushbu ilg'or texnologiya o'quv jarayonini yaxshilaydi, uni yanada qiziqarli, moslashtirilgan va samarali bo’lishiga yordam beradi. Mana bu hozirda universitetda ko’rib chiqilayotgan ChatGPT integratsiyasining uchta turi.

Doimo aloqada bo’ladigan AI-murabbiy

Bu ChatGPT’ning ITPU universiteti ishlab chiqayotgan  eng muhim qo’llanishlaridan biridir. Universitet mutaxassislari AI-murabbiyni barcha o’qitiladigan fanlar bo’yicha mutaxassis qilib tayyorladilar. Endi talabalar o’quv dasturi bo’yicha istagan vaqtlarida malakali yordam va istagan savollariga javob olishlari mumkin. AI-murabbiy nafaqat atamalar va ta’riflarni mukammal biladi, balki algoritmlarni qanday ishlab chiqish va talabalar kodidagi xatolarni ham topa oladi.

O'tilgan materialni takrorlash uchun kartalar generatori

Intervalli takrorlash usuli - tushunchalar, ta'riflar va formulalarni yodlashning samarali usulidir. Bu o’quv jarayonining ajralmas qismi. Biroq, kartalarni yaratish ko’p vaqt oladi, shuning uchun ITPU universiteti ChatGPT’ga asoslanib avtomatlashtirishning eksperimental jarayonini ishlab chiqdi.

Tizim istalgan mavzu bo'yicha kartochkalarni tezda ishlab chiqa oladi, talabalar esa ularni takrorlash uchun ishlatishlari mumkin. Kartochkalar talabaning xohishiga ko'ra moslashtirilishi mumkin, bu esa o'quv jarayonini yanada qiziqarli va shaxsga moslashtirilgan bo’lishini ta’minlaydi.

Mavzularni to'liq o'zlashtirish uchun savollar generatori

Bundan tashqari, ITPU o'quv materiali asosida o'z-o'zini tekshirish uchun savollar yaratish imkoniyatini o'rganib chiqdi. Tizim barcha muhim tushunchalar va mavzularni qamrab olgan holda savollar tuza oladi

Bu funksiya talabalarga o'zlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, kurs materialini o’zlashtirishlari bo'yicha fikr-mulohazalar olishga yordam beradi. Shu bilan birga, o'qituvchilar talabalarning materialni qanchalik yaxshi tushunishlarini baholashlari va kerak bo'lganda ta’lim jarayonini guruh ehtiyojlariga moslashtirishlari mumkin.

ITPU ta’lim tizimiga sun’iy intellekt joriy qilinishining asosiy sababi universitetning EPAM global IT-korporatsiyasi tomonidan ishga tushirilganligi bo’lib, u doimo IT rivojlanishda yetakchi va Google, Amazon, Apple, Meta (Facebook) va boshqa kompaniyalarga xizmat ko’rsatadi. IT Park University - o‘z talabalariga jahon darajasida ta’lim beradigan va ularni muvaffaqiyatli karyera uchun tayyorlaydigan ilg‘or ta’lim muassasasidir. EPAM va ITPU universiteti xodimlari doimiy ravishda o'quv jarayonini yaxshilash yo'llarini izlaydilar va IT sohasidagi eng so’nggi xalqaro yangiliklarni birinchilardan bo’lib ta’lim tizimiga joriy etadilar, ChatGPT ham shuning yaqqol misolidir.

ITPU’da ta'limga bo'lgan yondashuv haqida ko'proq bilishni istaysizmi?  IT Park University yangiliklar tasmasini kuzatib boring.


Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web_1100x609_UZ (1).png

Qanday qilib 11-sinfdayoq IT yo‘nalishi bo‘yicha universitetga kafolatli kirish

IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kirish imkoniyatini beruvchi onlayn tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini talab etiladigan darajagac...
Sardor Rajabov
ChatGPT_1100x609_UZ.png

Keys: qanday qilib IT Park University birinchi kurs talabasi abituriyentlar savollariga tezkor javoblar beruvchi SI’ga asoslangan bot yaratdi

Abituriyentlarning savollariga javob beruvchi bot, EPAM Systems asoschisi Arkadiy Dobkinga taqdim etildi, hozirda esa universitetning Telegram botiga joriy etilmoqda. Talaba modelni qanday o‘qitgani va tokenlar sarflanishini optimallashtirgani haqida ma...
Sardor Rajabov
Student Festival_1100x609_UZ.png

Barchani ITPU talabalar festivaliga taklif qilamiz

Festivalda birinchi kurs talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari universitetning talabalik hayoti va IT olami bilan bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari: – Universitet rahbariyati va xodimlari; – Joriy ...
Sardor Rajabov
Grants Winners_1100x609_UZ.png

Davlat granti sohiblarini tabriklaymiz

Kirish imtihonlari natijalariga binoan 20 nafar abituriyent davlat grantining baxtli sohiblariga aylanishdi. G‘oliblar ID’si: 7683 5959 7414 8006 7060 8145 9426 9483 6625 4976 5015 9032 6807 8849 6986 5126 7139 6556 5382 6917 ...