Sardor Rajabov
27.02.2023

2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

Web UZ (1).png


Web UZ (1).png

IT Park University’ning 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasiga start berildi. 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.

Ta’lim jarayoni qanday bo’ladi?

ITPU’ning “Dasturiy muhandislik” bakalavriat dasturi gibrid formatda ingliz tilida bo’lib, uch yillik oʻqishni oʻz ichiga oladi: IT-Parkning Oʻzbekiston boʻylab filiallarida online yoki offline rejimda oʻqish mumkin.

2023-yilda o’qishga kirgan barcha talabalar umumiy General Track yo’nalishida tahsil oladilar. Akademik natijalarga asoslanib, dastlabki uch semestrdan so’ng, eng yaxshi talabalar Advanced Track’dagi uchta qo’shimcha mutaxassislikdan birini tanlash taklifini oladilar.

Muvaffaqiyatli talabalar uchun Advanced Track bu asosiy o’quv kursi bilan parallel ravishda backend, frontend dasturlash yoki avtomatlashtirilgan testlarni egallash imkoniyatidir. Bu ta’lim to‘lovi miqdoriga ta’sir qilmaydi: barcha talabalar uchun bir o‘quv yili uchun to‘lov 15 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Asosiy fanlar EPAM’ning amaliyotchi mutaxassislari tomonidan o’qitiladi, shuning uchun ma'ruzalar onlayn tarzda olib boriladi.  O’quv dasturlari kuchli amaliy bazani shakllantirishga yo’naltirilgan. Ular doimiy ravishda yangilanadi va eng yaxshi xalqaro korporatsiyalarda qo’llaniladigan ilg’or tajribalar bilan to’ldirib boriladi.

Qanday qilib IT Park University talabasi bo’lish mumkin?

  1. my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring

  2. Shaxsiy kabinetingizda kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'ting

  3. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshiring

  4. Shartnomani imzolang va to’lovni amalga oshiring

  5. O’qishga kirganingiz haqida buyruq oling va o’qishni boshlang

O’qishga kirish uchun siz ingliz tili va matematikadan kirish imtihonlarini topshirishingiz lozim. Imtihonlar narxi: 200 000 so’m. Agar siz 5 ball yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikatiga (yoki quyidagi roʻyxatdagi ekvivalent) ega boʻlsangiz, siz ingliz tili imtihonlaridan ozod boʻlasiz:

  • ITPU English Test – B1

  • TOEFL iBT (Umumiy) - 42 va undan yuqori

  • PTE (Umumiy) - 43 va undan yuqori

  • Linguaskill (o’rtacha ball) - 140 va undan yuqori

  • Cambridge Assessment English B1 Preliminary - muvaffaqiyatli

  • Cambridge Assessment English B2 First – muvaffaqiyatli

  • Cambridge Assessment English C1 Advanced - muvaffaqiyatli

  • Cambridge Assessment English C2 Proficiency - muvaffaqiyatli

Kirish imtihonlarini o’tkazish 2023-yil mart oyida boshlanadi. Hujjatlarni topshirgandan so'ng, sizning shaxsiy kabinetingizda mavjud sanalar chiqadi. Siz o'z shahringizdagi qulay kun va ofisni tanlashingiz mumkin.

Havola orqali o’ting va hujjatlaringizni hozirning o’zidayoq topshiring!

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web UZ (1).png

2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

IT Park University’ning 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasiga start berildi. 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish ...
Sardor Rajabov
Grant Owners 1100x609 UZ (1).png

Yevropadagi amaliyot uchun grant sohiblarini tabriklaymiz!

IT Park University’ning sakkiz nafar birinchi kurs talabalari 21-apreldan 1-maygacha Polsha va Litvada amaliyot o‘tash uchun grantning baxtli sohiblari bo‘ldilar. Maxsus komissiya qarori bilan quyidagi talabalar amaliyot grantining sohiblari de...
Sardor Rajabov
Web UZ.png

IT Park University bosh direktorining O‘zbekiston Respublikasi hududlariga tashrifi.

Bosh direktor Bohodir Ayupov 9—28-fevral kunlari taʼlim sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, IT-Park rezidentlari bilan aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Res...
Sardor Rajabov
IT Bilim Memorandum WEB (1).png

Hozir o’qing, keyinroq to‘lov qiling, IT Park University IT Bilim bilan memorandum imzoladi.

IT Park University va IT bilimlarni rivojlantirish markazi IT Bilim o‘rtasida hamkorlik haqida memorandum imzolandi. Bu kurslar uchun to’lovni bo’lib-bo’lib amalga oshirish imkonini beradi. O’qishni boshlab, birinchi to’lovni kursni yakunlaganingi...