Timurbek Nurmatov
26.01.2023

EPAM’ning yevropa ofislarida bu yilning o’zida amaliyot o‘tang

Web EN (2).png


Web EN (2).png


21-apreldan 1-maygacha EPAM’ning Polsha va Litvadagi ofislari sakkiz nafar IT Park University talabalarini amaliyotga qabul qilishadi. Talabalar ITPU vakillari hamrohligida guruh bo'lib jo’nab ketishadi. Avvaliga ular Latviyaga borishadi, keyin esa bo'linib: to'rttasi Polshaga, yana to'rttasi Litvaga yo’l olishadi.

EPAM’ning Yevropadagi ofislarida stajirovka o‘tash bu - IT-mutaxassislarining boshqa mamlakatlarda qanday ishlashini ko‘rish, ilg‘or xorijiy tajribaga ega bo‘lish va chuqurroq o‘rganish uchun ilhom olish imkoniyatidir.

Amaliyot davomida ishtirokchilarni Yevropaning boshqa universitetlari talabalari bilan tanishuv va turli sohalardagi IT-mutaxassislar jamoasi bilan muloqot qilishni o‘z ichiga olgan boy dastur kutmoqda: biznes-tahlilchilardan tortib  to backend dasturchilargacha. Dastur shuningdek, turli IT-workshoplar, EPAM xodimlari bilan uchrashuvlar va bir nechta shaharlarda ekskursiyalarni o'z ichiga oladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun sizga kerak:

  1. “Nima uchun aynan men amaliyotga borishim kerak?” mavzusida ingliz tilida motivatsion video tayyorlash.

  2. Birinchi semestrni muvaffaqiyatli yakunlash (akademik muvaffaqiyatlar va qarz yo'qligi hisobga olinadi)

Motivatsion videoni baholash mezonlari:

  • Javobning mazmuni

  • Nutqdagi ishonch

  • Ijodkorlik

  • Davomiyligi: 60 soniyagacha

Videoga bo’lgan texnik talablar:

  • Vertikal orientatsiya

  • Sifati 1080x1920

  • mp4 formatda

Video uchun tavsiya etiladigan qo'llanma - havola.

Havolaga o’tib, talabalar pochtasi orqali ro'yxatdan o'tiladi. Hujjatlar 13 fevral soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Majburiy talab - arizalarni qabul qilish muddati so’ngiga qadar chet elga chiqish uchun pasportning mavjudligi.

Amaliyot dasturi IT Park University tomonidan to’liq to’lanadi.

Barcha savollar bo'yicha quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling: +998555039999


Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web UZ (1).png

2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

IT Park University’ning 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasiga start berildi. 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish ...
Sardor Rajabov
Grant Owners 1100x609 UZ (1).png

Yevropadagi amaliyot uchun grant sohiblarini tabriklaymiz!

IT Park University’ning sakkiz nafar birinchi kurs talabalari 21-apreldan 1-maygacha Polsha va Litvada amaliyot o‘tash uchun grantning baxtli sohiblari bo‘ldilar. Maxsus komissiya qarori bilan quyidagi talabalar amaliyot grantining sohiblari de...
Sardor Rajabov
Web UZ.png

IT Park University bosh direktorining O‘zbekiston Respublikasi hududlariga tashrifi.

Bosh direktor Bohodir Ayupov 9—28-fevral kunlari taʼlim sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, IT-Park rezidentlari bilan aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Res...
Sardor Rajabov
IT Bilim Memorandum WEB (1).png

Hozir o’qing, keyinroq to‘lov qiling, IT Park University IT Bilim bilan memorandum imzoladi.

IT Park University va IT bilimlarni rivojlantirish markazi IT Bilim o‘rtasida hamkorlik haqida memorandum imzolandi. Bu kurslar uchun to’lovni bo’lib-bo’lib amalga oshirish imkonini beradi. O’qishni boshlab, birinchi to’lovni kursni yakunlaganingi...