Timurbek Nurmatov
21.09.2022

ITPU eng yaxshi abituriyentlari uchun O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligining grantlari

MITC Grant_1100x609_eng (3).png


MITC Grant_1100x609_eng (3).png

ITPU eng yaxshi abituriyentlari uchun O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligining grantlari

Biz IT Park universitetining eng munosib 10 abituriyentlari uchun ta'lim granti e'lon qilishdan mamnunmiz.

Grantga ega bo'lish uchun 2022 yil 30 sentabrgacha quyidagi shartlarni bajarish kerak:

1. IT Park universitetiga (itpu.uz) hujjatlarni topshirish kerak

2. Maxsus ro'yxatdan o'tish kerak – https://bit.ly/3LrDk80

Ro'yxatni to'ldirish uchun ko'rsatmalar - https://itpu.uz/documents/instructions/

Ta'lim granti egalari qanday mezonlar bo'yicha tanlanadi?

Ingliz tili darajasi (30 ball):

  • B1 – IELTS 4.5-5) - 10 ball

  • B2 – IELTS 5.5 - 6.5) - 20 ball

  • C1 va undan yuqori (IELTS 7 - 9) – 30 ball

Sertifikatdagi o'rtacha ball (30 ball):

  • 3-gacha – 0 ball

  • 3.00 - 4.00 – 10 ball

  • 4.01 - 4.25 – 15 ball

  • 4.26 - 4.50 – 20 ball

  • 4.51 - 4.75 – 25 ball

  • 4.76 - 5.00 – 30 ball

Ingliz tilida motivatsion xat: 300 dan 700 gacha so'zlardan iborat (30 ball):

Xatda quyidagi mavzular ochilishi kerak:

  1. Nima uchun IT sohasini tanladingiz?

  2. ITPU universitetini tugatib qanday natijalarga erishmoqchisiz?

  3. Nima uchun aynan sizga grant ajratilishi kerak?

Baholash tartiblari:

  • Argumentatsiya, dalillar va asoslarning to'liqligi va mazmuni – 15 ball

  • Mazmunning yaxlitligi, nutqning izchilligi, taqdimotning mantiqiyligi va chambarchasligi – 10 ball

  • Savodxonlik va taqdimotning ko’rinishi – 5 ball

Motivatsion xatni maxsus tashkil etilgan komissiya baholaydi.

Xalqaro yoki mahalliy IT sertifikatlari va mukofotlari (10 ball):

  • Mahalliy mukofotlar va sertifikatlar – 5 ball

  • Xalqaro mukofotlar va sertifikatlar – 10 ball

Grant uchun minimal o'tish balli - 80 ballni tashkil etadi.

Natijalar 2022 yil 7 oktyabrda e'lon qilinadi.

Barcha savollar uchun ushbu telefon raqamiga murojaat qiling: +998555039999.


Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Web UZ (1).png

2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

IT Park University’ning 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasiga start berildi. 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish ...
Sardor Rajabov
Grant Owners 1100x609 UZ (1).png

Yevropadagi amaliyot uchun grant sohiblarini tabriklaymiz!

IT Park University’ning sakkiz nafar birinchi kurs talabalari 21-apreldan 1-maygacha Polsha va Litvada amaliyot o‘tash uchun grantning baxtli sohiblari bo‘ldilar. Maxsus komissiya qarori bilan quyidagi talabalar amaliyot grantining sohiblari de...
Sardor Rajabov
Web UZ.png

IT Park University bosh direktorining O‘zbekiston Respublikasi hududlariga tashrifi.

Bosh direktor Bohodir Ayupov 9—28-fevral kunlari taʼlim sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, IT-Park rezidentlari bilan aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Res...
Sardor Rajabov
IT Bilim Memorandum WEB (1).png

Hozir o’qing, keyinroq to‘lov qiling, IT Park University IT Bilim bilan memorandum imzoladi.

IT Park University va IT bilimlarni rivojlantirish markazi IT Bilim o‘rtasida hamkorlik haqida memorandum imzolandi. Bu kurslar uchun to’lovni bo’lib-bo’lib amalga oshirish imkonini beradi. O’qishni boshlab, birinchi to’lovni kursni yakunlaganingi...