University Community
05.07.2022

O‘zbekistonda yangi “IT Park University” onlayn universiteti tashkil etilmoqda

03186ac9-a2af-4c48-a827-b2e06e1eef1a.png

03186ac9-a2af-4c48-a827-b2e06e1eef1a.png

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi 297-sonli (“IT-Park University” raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) qaroriga muvofiq mamlakatimizda IT Park University tashkil etilmoqda.

IT Park va “EPAM Systems” kompaniyasi OTM asoschilari  hisoblanadi. Universitet dasturi bitiruvchilar uchun zamonaviy va yuqori talabga ega IT mutaxassisliklarini egallashga qaratilgan. O‘quv jarayoni aralash, asosan onlayn tarzda olib boriladi, bu esa butun mamlakat bo'ylab  talabalarni poytaxtga ko‘chib o‘tmasdan mutaxassislikka ega bo'lish imkonini beradi.

Ta’lim jarayoni quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Web Developer
  • Networks Engineer
  • Software Tester
  • Backend Developer (Java)
  • Mobile Developer (Android)
  • Front-End Developer
  • QA Engineer
  • Big Data Engineer
Uyda yoki IT Park ofislarida (poytaxtda yoki viloyatda) ta'lim olish imkoniyati. Bakalavriatda oʻqish muddati 3 yil, asosiy oʻqitish tili ingliz tilidir. Abituriyentlar o‘qishga kirish uchun amaldagi xalqaro IELTS (minimal ball 4.5) yoki TOEFL (minimal ball 42) sertifikatlarini taqdim etishi yoki roʻyxatdan oʻtib, IT Park filiallaridan birida imtihon topshirishi kerak. Til bilishning talab qilinadigan darajasi Intermediate ("CEFR B1").

Kirish imtihonlari 2022-yil 19-iyundan boshlandi.

Ulashish...

So`nggi yangiliklar

Sardor Rajabov
Polish Program Internship in Europe_1_1100x609_ru (1).png

Polshada amaliyot dasturi

IT Park universiteti jamoasi Polshadagi EPAM ofisi bilan hamkorlikda Yevropada amaliyot o‘tash uchun grant yutib olgan birinchi kurs talabalariga dastur ishlab chiqishdi. Reja talabalar IT’da ishlash haqida ko'proq ma'lumot olishlari va amaliy k...
Sardor Rajabov
Lithuanian Program Internship in Europe_1_1100x609_ru (1) (1).png

Litvada amaliyot dasturi

IT Park University jamoasi Litvadagi EPAM ofisi bilan hamkorlikda Yevropada amaliyot oʻtash uchun grant yutib olgan birinchi kurs talabalariga dastur ishlab chiqishdi. Birinchi navbatda, talabalar EPAMʼda ishlash haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻla...
Sardor Rajabov
ITPU first Chat GPT_1100x609_uz.png

ITPU - ta’limda sun’iy intellektni tatbiq qilayotgan O’zbekistondagi birinchi universitet

ITPU universiteti ta’lim dasturida ChatGPT asosida sun’iy intellektdan foydalanish joriy qilinmoqda. Ushbu ilg'or texnologiya o'quv jarayonini yaxshilaydi, uni yanada qiziqarli, moslashtirilgan va samarali bo’lishiga yordam beradi. Mana bu hoz...
Sardor Rajabov
Web UZ (1).png

2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

IT Park University’ning 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasiga start berildi. 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish ...