Oʻzbekistondagi birinchi amaliy IT-taʼlimga yoʻnaltirilgan, gibrid formatdagi universitet.
IT Park University yangiliklari
O’quv dasturlari
ITPU’ning o’quv dasturlari axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy ta’limni taqdim etadi. Bizning o’qitish uslublarimiz mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va doimiy ravishda tendentsiyalarga muvofiq yangilanib boradi.
Bakalavriat
Magistratura
Dasturiy ta’minot muhandisligi
Dasturiy ta’minot muhandisligi
IT-karyerangizni ITPU bakalavriat dasturidan boshlang. O‘qish davomida 4 ta loyihaga asoslangan amaliyotdan o‘ting va amaldagi IT-mutaxassislaridan ta’lim oling.
ITPU magistrlik dasturi bilan kasbiy mahoratingizni oshiring va martaba imkoniyatlarini kengaytiring.
ITPU talabalari muntazam ravishda Ispaniya, Chexiya, Polsha, Litva, Latviya va boshqa mamlakatlarda joylashgan EPAM ofislarida xalqaro amaliyot o‘tamoqdalar.
Bu talabalar uchun xorijda qimmatli ish tajribasiga ega bo‘lish va dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatidir.
ITPU talabalarga ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkoniyatlarini taqdim eta olishidan faxrlanadi.
UpSkill korporativ ta’limi
ITPU korporativ mijozlar xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga moʻljallangan maxsus UpSkill kurslarini taklif etadi.
Bizning maqsadimiz sizning jamoangizga axborot texnologiyalari bo’yicha eng yangi ko’nikma va bilimlarni taqdim etish orqali kompaniyangizga raqobatbardosh bo’lib qolishiga yordam berishdir.