IT Park University yangiliklari

Magistrantlar uchun moslashuv dasturining boshlanishi

IT Park University bu yil birinchi magistrlik dasturini boshladi!
Biz birinchi magistr talabalarni kutib olganimizdan xursandmiz! Yaqinda ushbu tadbirda magistratura talabalari birinchi marta oflayn formatda bir-birlari va universitet bilan tanishdilar.
Talabalarga EPAM O’zbekiston va IT Park University rahbariyati vakillari, shuningdek, EPAMning hozirgi amaliyotchilari murojaat qilib, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar va IT-sohaning eng muhim yo’nalishlari haqida so’zlab berishdi:

- DevOps: Depth in Industry

- Laying Digital Bricks: The Solution Architect Pathway

- Data Engineering & AI: Features and Usage.
Bizning talabalarimiz uchun bu sayohatning boshlanishi va biz IT Park University tanlaganlaridan g’ururlanamiz. Magistrlik darajasi — bu sizning bilimingizni chuqurlashtirish va martabangizda sizga yordam beradigan amaliy mutaxassislardan o’rganish imkoniyatidir. Talabalarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!