IT Park University yangiliklari

Orzudan taklifgacha

AQSh va Yevropaning yirik texnologiya kompaniyalarida ishlash ko‘pchilikning orzusi. Sanoat gigantlari ulkan rejalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi, ammo tegishli tayyorgarlik, bilim va tajribani ham talab etishadi. Ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig’iga binoan tashkil etilgan, IT Park University’da (ITPU) olish mumkin.Bohodir Ayupov, IT Park University bosh direktori:
— Zamonaviy dunyo — bu cheksiz imkoniyatlar va innovatsiyalar dunyosi. Agar sizda ilhom va motivatsiya bo‘lsa, dunyoning qaysi nuqtasida yashashingizdan qat’i nazar, istagan mamlakatingizda karyera qilishga qodirsiz. IT Park University - bu AQSH va Yevropaning yirik texnologiya kompaniyalarini orzu qiladiganlar maskani. Aynan shu yerda trendlar paydo bo‘ladi va texnologiyalar yaratiladi. Bizning amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvimiz ITPU bitiruvchilariga eng nufuzli xorijiy kompaniyalar eshiklarini ochish uchun mo‘ljallangan.

ITPU bitiruvchilari mehnat bozorida bir qator ustunliklarga ega: real keyslarga ega portfolio, xalqaro jamoalarda ish tajribasi, shu sohadagi ilg‘or yechimlar va texnologiyalar bo‘yicha bilimlar. Universitet bunga o‘quv jarayonining 3 ta elementi orqali erishadi.
  • EPAM software-muhandislari bilan o‘zaro aloqa: talabalar loyihasida tajribali murabbiy
IT Park University IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Uning muhandislari va ishlab chiquvchilari Forbes Global 2000 ro‘yxatidagi mijozlarning topshiriqlari ustida ishlashadi.

IT Park University talabalarining loyihalari kompaniyaning amaldagi software-muhandislari tomonidan nazorat qilinadi. Ular bilimlari bilan bo‘lishishadi, samarali ish usullarini taklif qilishadi, bo‘shliqlarni aniqlashga va ularni to‘ldirishga yordam berishadi. Tajribali o‘qituvchi bilan ishlash talabalarning mahoratlarini keskin o‘sishini ta’minlaydi.
  • Birinchi kursdan amaliyot: EPAM’ning Yevropa va Amerika ofislarida ishlash
Amaliyotlar nazariy bazani mustahkamlaydi va topshiriqlar ustida xalqaro jamoada ishlash bo‘yicha ilk tajribani beradi. Bu yil ular Litva va Polshada bo‘lib o‘tdi. Vorkshop va seminarlarda EPAM xodimlari boshlovchi sifatida chiqishdi.

Yuqori kurslarda talabalar amaliyot davomida EPAM’ning Yevropa va Amerika ofislarining amaldagi loyihalariga jalb etiladilar. Bu ularga zamonaviy tendensiyalarni o‘rganish, ilg‘or texnologiyalar va ish uslublarini o‘zlashtirish, real keyslardan portfolio shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek, xorijiy amaliyot IT sanoatida manfaatli aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Yozgi amaliyot mobaynida EPAM jamoasi bilan yaxshi ishlab, talaba o‘qishni tugatgandan so‘ng uning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi mumkin. Ayni paytda kompaniyaning global veb-saytida 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Ularning katta qismi masofadan ishlashni taklif qiladi, shunday ekan, muvaffaqiyatli xalqaro IT karyerasini qurish uchun hech qanday geografik cheklov yo‘q.
  • Yozgi amaliyotlar: jahon ekspertlari dasturlari bo‘yicha o‘qish
O‘zbekiston EPAM School of Digital Engineering (ESDE) loyihasining ishtirokchi-davlatlari qatoriga kiradi. Ushbu dastur bilimlarni chuqurlashtirish va mashg‘ulotlarda olingan nazariy bazani to‘ldiradigan amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Tajribali muhandislar va loyiha menejerlari o‘zgacha vazifalar yechimini izlashni o‘rgatishadi va real keyslar misolida ta’lim berishadi. Shunday qilib, ITPU talabalari diplom olganlaridan so‘ng, mehnat bozoriga malakali mutaxassis sifatida kirib boradilar. Ular mahsulotlarni qanday yaratishni va jamoa bilan muloqot qilishni biladilar.

Benjamin Bederson, ITPU rektori, kompyuter fanlari doktori va Merilend universiteti (UMD) professori:
— Hozirda faoliyatimning asosiy yo‘nalishlaridan biri - EPAM School of Digital Engineering’ni rivojlantirishdir, jumladan, IT Park University’da. Men ushbu loyihaga IT mutaxassislari uchun onlayn ta’limdagi o‘z bilim va tajribamni maksimal darajada sarflamoqdaman. Ishonchim komilki, bizning amaliyotga asoslangan yondashuvimiz zamonaviy talaba uchun eng kerakli narsa.

Biz e’tiborimizni IT-mutaxassis uchun hozir va shu yerning o‘zidayoq aktual bo‘lgan, yangi ish usullari va amaliy bilimlarga qaratganmiz. Talabalarimiz safiga masofadan turib qo‘shilishadi, O‘zbekiston Respublikasi hududida esa shunga o‘xshash o‘quv jarayonini qurishga yondashuvlar yo‘q.

ESDE uchun dasturlar ishlab chiqishga Garvard universiteti bitiruvchisi, ta’lim psixologiyasi va o‘quv tahlili bo‘yicha doktorlik darajasiga ega Sandra Loklin rahbarlik qiladi. Bu yozda ITPU talabalari ESDE Summer Camp 2023 doirasida vorkshoplar va murabbiylik sessiyalarida qatnashdilar, kurs ishi loyihalarini bajardilar, ilovalar ishlab chiqdilar va jamoalarda ishladilar.