13-iyul kuni IT Park University “Open Day” tadbirida o‘z eshiklarini hamma uchun keng ochdi. 200 dan ortiq abituriyentlar, ularning ota-onalari, IT-mutaxassislar va talabalar universitetning zamonaviy ta'lim dasturlari haqida ma'lumot olish, xalqaro ekspertlar bilan suhbatlashish va ishga joylashish imkoniyatlarini o‘rganish uchun yig‘ildilar. Jarayonni sizga hikoya qilamiz.
Dastur juda boy tayyorlangandi. Tadbirning asosiy xususiyati yirik IT-kompaniyalar: EPAM, IT Park Uzbekistan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi, IT Bilim, IT Community of Uzbekistan va WTraining dan taniqli spikerlarning hamkorligi bo‘ldi. 10 dan ortiq ekspert IT sohasi kelajagidagi o‘zgarishlar, muvaffaqiyatli karyera sirlari va amaliy ta'limning foydasi haqida ma'lumot berishdi, shuningdek, raqamli muhitda ishlashning afzalliklari va kamchiliklari muhokama qilindi.

Tadbirning rasmiy qismi Raqamli Texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov va vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov tomonidan ochib berildi.
“IT Park University global EPAM kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli ham noyobdir. Ta'lim faqat nazariyaga emas, balki amaliyotga qaratilgan va yetakchi ekspertlar tomonidan boshqariladi. Bu universitet sizning kelajagingiz uchun katta imkoniyatlar ochadi.” — Sherzod Xotamovich Shermatov, Raqamli Texnologiyalar vaziri.
IT Park Universityning bosh direktori Bahodir Ayupov o‘z chiqishida kelgusi yillardagi IT sohasidagi o‘zgarishlarni muhokama qildi. U 2025-yilga borib, IT-mutaxassislariga bo‘lgan talab bozorda 8 barobar ko‘payishi ta’kidladi.

EPAM kompaniyasining vakillari Natalya Ni va Izzatxon Shamsiev IT Communitydaishtirok etishning ahamiyati haqida gapirib, qanday qilib networking orqali xalqaro kompaniya a’zosi bo‘lganliklarini baham ko‘rdilar va muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerakligi va IT sohasidagi xavflarni qanday chetlab o‘tish haqida qimmatli maslahatlar berdilar.
IT Community rahbari Shavkat Karimov o‘z taqdimotida bo’lajak mutaxassislarga amaliy maslahatlar berib, interaktiv o‘yinlar o’tkazdi.
Tanaffus vaqtida xohlovchilar imtihonda bepul qatnashish imkonini beruvchi promo-kodlar oldilar va IT Park Universityning afzalliklari bilan batafsil tanishdilar.

Ikkinchi kurs talabasi Nigora Mamadalieva tadbir doirasida boshlang‘ich mutaxassis sifatida jonli misol bo‘ldi. U Ispaniyada o‘tgan xalqaro stajirovka haqida va universitetning talabalar uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
Oxirgi spikerlar, IT-Bilimdan Diana Gainullina va WTrainingdan Ruslan Andreev, kompaniyalarning xodimlar uchun mahalliy va xalqaro bozordagi talablarini taqdim etdilar.

Panel muhokamasi tadbirning asosiy qismi bo‘ldi, unda ekspertlar O‘zbekistonda IT kelajagini muhokama qildilar. E'tibor sifatli ta'lim, karyera imkoniyatlari va innovatsiyalar kabi masalalarga qaratildi. Yosh mutaxassislarni rivojlantirishda ta'lim muassasalari va IT-kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ta'kidlandi.
IT Park Universityga kirish hujjatlarini topshirish muddati avgust oxirida tugaydi.
Imtihonlardan o‘ting va zamonaviy ta'lim muhitining bir qismi bo‘ling:
— Amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim shakli;
— 70% o‘qituvchilar amaldagi mutaxassislar;
— Ta'lim davomida xalqaro stajirovkalar.
IT Park Universityda talabalik hayotining imkoniyatlari va xususiyatlari haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun Instagram va universitet veb-saytiga o’ting.
IT Park University bilan IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karyerani boshlang!
IT Park University telefon raqami: +998 55−503−99−99.