Women in Tech CCA Awards — bu butun dunyo bo’ylab IT va innovatsiyalar sohasidagi ayollarning mashhur yutuqlarini tan oladigan mukofot. IT-dagi ayollarning muvaffaqiyatlarini nishonlash uchun dunyoning turli burchaklaridan 130 dan ortiq mehmonlar to’planishdi.

IT Park University ushbu tadbirda faol ishtirok etdi. Universitet bosh direktori Boxodir Ayupov “Diversity in Tech Education: Unlocking Potential and Driving Innovation” mavzusida ma’ruza qildi.

U taʼlimda jins, madaniy va kasbiy xilma-xillikning ahamiyati, uning odamlarga qanday ta’sir qilishi va rivojlanish uchun qulay muhit yaratishga yordam berishi haqida gapirdi.

IT Park University IT-sohasidagi ayollarga o’z salohiyatlarini ochishga yordam beradigan tashabbuslarni faol qo’llab-quvvatlaydi. Bunday muhim voqeaning bir qismi bo’lish imkoniyatiga ega bo’lganimizdan xursandmiz!
