My Fair 2024 ta’lim yarmarkasidagi fotohisobotimiz bilan bo‘lishamiz!
My Fair — bu har yili dunyoning 100 dan ortiq universitetlari yig‘iladigan eng yirik xalqaro ta’lim yarmarkasi. Bu abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun universitet vakillari bilan muloqot qilish, ta’lim imkoniyatlari va dasturlari haqida bilish uchun mo‘ljallangan maydoncha.
Mana necha yildirki ushbu yarmarkada ishtirok etib kelmoqdamiz. Biz uchun bu o‘zimiz haqimizda so‘zlab berish, shuningdek, IT sohasiga qiziqqan yoshlar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.
IT Park University stendida biz kelajakdagi talabalarimiz uchun dasturlarimiz va imkoniyatlarimizni taqdim etdik, shuningdek, viktorinalar uyushtirib, eng faol qatnashchilarga sovg‘alar tarqatdik.