IT Park University yangiliklari

Orientation Week boshlandi!

Aziz IT Park University talabalari!
Barcha birinchi kurs talabalarini IT Park University’ga muvaffaqiyatli qabul qilingani va ta’lim yo‘lingiz boshlanishi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! O‘qish yillaringiz: yangiliklar, bilimlar va ajoyib yutuqlarga boy bo‘lsin. Katta va ahil oilamizga xush kelibsiz.
Shuningdek, ikkinchi va uchinchi kurs talabalarimizga muvaffaqiyat tilaymiz. Ishonch bilan aytamizki, bu o‘quv yili sizlarga rivojlanish va o‘zingizni namoyon etish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Siz allaqachon maqsadlaringiz sari ko‘p qadamlar qo‘ydingiz va biz sizlar bilan birga ekanligimizdan faxrlanamiz.
Kecha Boxodir Ayupov barcha talabalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladilar va biz faxr bilan magistraturaning birinchi oqimi boshlanganligi haqida ma’lum qilamiz! Bu universitetimiz tarixidagi muhim bosqich bo‘lib, oldinda sizlarni yanada katta yutuqlar kutayotganiga ishonamiz.
2024-09-25 12:00