IT Park University yangiliklari

Buddies kimlar?

Bizning buddylarimiz — universitet hayotiga moslashishda birinchi kurs talabalariga ko‘maklashadigan ikkinchi va uchinchi kurs talabalaridir! Ular birinchi semestr davomida sizni qo‘llab-quvvatlab, o‘qish jarayoni va yangi qiyinchiliklarga osonroq moslashishingizni ta’minlaydilar.
🔸 Buddy-ma’lumot-beruvchi barcha muhim xabarlarni: dars jadvali, tadbirlar haqidagi yangiliklar va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni yetkazib beradi.

🔸 Buddy-tashkilotchi — guruhingiz uchun pikniklar, teatrga tashrif buyurish kabi darsdan tashqari tadbirlarni uyushtirish bo‘yicha tashkilotchi.

🔸 Buddy-administrator ma’muriyat bilan aloqa o‘rnatadi va sizning savollaringiz, shikoyatlaringiz yoki takliflaringizni ularga yetkazadi.

🔸 Buddy-do‘st guruh hayotida faol ishtirok etadi, har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaydi va yordam beradi.
Sening buddying kim? Bilib ol va yordam so‘rashdan tortinmang!