IT Park University EPAM Georgia’da stajirovka dasturini e’lon qiladi
IT Park University 1- va 2-kurs bakalavriat talabalari uchun 2025-yil 11-maydan 20-maygacha Gruziyadagi EPAM ofislarida eksklyuziv stajirovka imkoniyatini e’lon qilishdan mamnun. Bu xalqaro IT-muhitga sho‘ng‘ish, sanoat mutaxassislari bilan ishlash, amaliy bilim olish va o‘quv dasturini boyitish uchun noyob imkoniyatdir. Shuningdek, ishtirokchilar Gruziyaning yetakchi IT-kompaniyalari ofislariga tashrif buyurib, professional ko‘nikmalarini kengaytirish va yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kvotalar va saralash mezonlari
Joriy yilda 14 ta o‘rin ajratilgan:
8 ta grant asosidagi o‘rin:
6 tasi 1-kurs talabalari uchun 2 tasi 2-kurs talabalari uchun Shundan 2 ta o‘rin, kursidan qat’i nazar, faqat qiz talabalar uchun ajratilgan
Amaldagi xorijiy pasport yoki uni olish uchun ariza topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat
1- yoki 3-semestrni muvaffaqiyatli tamomlash va yaxshi akademik natijalarga ega bo‘lish
Har qanday intizomiy jazolar mavjud emasligi
Ingliz tilida motivatsion video tayyorlash va topshirish (unda o‘zingiz haqingizda so‘zlab, nega aynan siz stajirovka uchun tanlanishingiz kerakligini tushuntirishingiz lozim)
Videoga texnik talablar:
Vertikal format
Ruxsat etilgan o‘lcham: 1080x1920
Davomiylik: 60 sekundgacha
Format: MP4
Arizalarni baholash mezonlari
Akademik natijalar – 10 ballgacha
Motivatsion video – 10 ballgacha:
Mazmunning aniq va dolzarbligi – 6 ballgacha Nutqdagi ishonchlilik – 2 ball Kreaktivlik va original yondashuv – 1 ball 60 soniyalik vaqt chegarasiga rioya qilish – 1 ball
O‘quvdan tashqari faoliyat – 3 ballgacha:
Respublika miqyosidagi IT-tadbirlarida ishtirok – 1 ball Xalqaro IT-tadbirlarida ishtirok – 2 ball
Ariza topshirish muddati
Arizalar 27-mart 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish shakli orqali qabul qilinadi. Ushbu muddatgacha xorijiy pasport yoki uni rasmiylashtirish jarayoni to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etish lozim.
Muhim
Stajirovka sanasi va joylashuvi tashkilotchilar qaroriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Bu stajirovka — professional ko‘nikmalarni rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish va karyerangizda muhim qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat!